» » Farg‘onada Koreyaning JEI universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda

Farg‘onada Koreyaning JEI universiteti filialini ochish rejalashtirilmoqda


Koreya Respublikasining JEI universiteti prezidenti Li Ji Vu boshchiligidagi delegatsiya Farg‘ona viloyatida bo‘lib, oliy ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bordi, deb yozadi O‘zA.

Dastlab delegatsiya a’zolarini Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qabul qildi. Mehmonlarga viloyatda Koreya Respublikasi bilan amalga oshirilayotgan loyihalar, oliy ta’lim sohasidagi ishlar xususida ma’lumot berildi. JEI universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yilayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlandi. “Yo‘l xaritasi” doirasida viloyatda Koreya Respublikasining JEI universiteti filialini ochish rejalashtirilgan.

Mehmonlar Farg‘ona davlat universiteti hamda Farg‘ona politexnika institutida ham bo‘lib, samimiy muloqot olib bordi. Ular oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Muzokaralar natijasida JEI universitetining filialini ochish yuzasidan memorandum imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют