» » Toshkentning “Lokomotiv” klubi 8-mart kungi o‘yinni ayollar uchun bepul qilib, kichik konsert ham qo‘yib beradi

Toshkentning “Lokomotiv” klubi 8-mart kungi o‘yinni ayollar uchun bepul qilib, kichik konsert ham qo‘yib beradi


O‘zbekistonning amaldagi chempioni “Lokomotiv” Oliy liga 2-turidan joy olgan “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvni 8-mart kuni o‘z maydonida o‘tkazadi. Klub matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvga tashrif buyuradigan ayollar uni bepul tomosha qilish imkoniyatiga ega.

Qayd etilishicha, “temiryo‘lchilar” ichki chempionatdagi ilk o‘yin uchun katta tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu kuni stadionga tashrif buyuradigan go‘zal hilqat vakilalariga bir qator syurprizlar tayyorlab qo‘yilgan. Shulardan biri o‘yin oldidan va tanaffus vaqtida san’atkorlar ishtirokida konsert tashkil etilishdir.

8-mart kuni Toshkentdagi mehribonlik uylaridan birining tarbiyalanuvchilari “Lokomotiv” o‘yiniga tashrif buyurib, jamoalarni maydonga olib chiqadi.

Avvalroq “Lokomotiv” 55 yoshdan oshgan muxlislarning stadionga mavsum davomida bepul kirishi uchun imkoniyat yaratib bergandi.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 43) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют