» » Osiyo Kubogi—2019. BAA Qirg‘izistonni bazo‘r mag‘lub etdi

Osiyo Kubogi—2019. BAA Qirg‘izistonni bazo‘r mag‘lub etdi


21-yanvar, dushanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 final uchrashuvlari doirasida kunning so‘nggi o‘yini bo‘lib o‘tdi.

Unda musobaqa mezboni BAA terma jamoasi Qirg‘iziston termasiga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 14-daqiqasida Ismoil Hamis Zaid hisobni ochgan bo‘lsa, Qirg‘iziston terma jamoasi hujumchisi Mirlan Murzayev 26-daqiqada hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 64-daqiqasiga kelib Ali Mabhut arablarni hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Tursunali Rustamov BAA darvozasiga gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi (2:2). G‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi.

Birinchi 15 daqiqalik bo‘limning 8-daqiqasida (103) Ahmad Halil penaltidan raqib darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yinga yakun yasadi.

Shu tariqa BAA termasi Qirg‘izistonni mag‘lub etib (3:2), musobaqaning chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Keyingi bosqichda arablar nimchorak finalda O‘zbekiston terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Avstraliya bilan jang qiladi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

21-yanvar, dushanba

Gollar: 1:0 — 14 Hamis Zaid, 1:1 — 26 Murzayev, 2:1 — 64 Ali Mabhut, 2:2 — 90 Rustamov, 3:2 — 103 Ahmad Halil.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 00:59)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют