» » Osiyo Kubogi—2019. Bugun chorak finalning so‘nggi ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi

Osiyo Kubogi—2019. Bugun chorak finalning so‘nggi ishtirokchilari ma’lum bo‘ladi


22-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining nimchorak finali doirasida oxirgi 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning birinchi o‘yinida Janubiy Koreya terma jamoasi Bahrayn termasi bilan kurashadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 18:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya terma jamoasi “C” guruh bahslarining barchasida g‘alaba qozonib, guruhda birinchi o‘rinda pley-offga chiqqandi. Bahrayn esa “A” guruhida 4 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.

Mazkur bosqichning so‘nggi uchrashuvida Qatar termasi Iroq terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 21:00 da boshlanadi. Qatar guruh bosqichidagi so‘nggi o‘yinda Saudiya Arabistonini 2:0 hisobida mag‘lub etib, 1-o‘rin bilan pley-off yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi. Iroq esa “D” guruhida Eron termasi bilan bir xil ochko jamg‘arib (7), to‘plar nisbati bo‘yicha guruhda ikkinchi o‘rin bilan kifoyalangandi.

Osiyo Kubogi—2019

22-yanvar, seshanba

1/8 final bahslari

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют