» » Farg‘onada Janubiy Koreyaning JEI universiteti filiali ochiladi

Farg‘onada Janubiy Koreyaning JEI universiteti filiali ochiladi


Farg‘ona shahridagi O‘zbekiston–Koreya do‘stlik o‘quv markazi negizida Janubiy Koreyaning JEI universiteti filiali ochiladi. Bu haqda joriy yilning 19-20-yanvar kunlari Kim Chang Kun boshchiligidagi Janubiy Koreya Respublikasi delegatsiyasining Farg‘ona viloyatiga tashrifi vaqtida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.

Delegatsiya a’zolari – JEI universiteti prezidenti Li Ji Vu, universitet dekani Gong Sangsik, universitet boshqaruv direktori Cho Bongrey hamda universitet xodimi Kim Mityakni Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev qabul qildi.

Mehmonlarga viloyatda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, oliy ta’lim sohasidagi ishlar xususida ma’lumot berildi. Viloyat hokimligi vakillari bilan delegatsiya a’zolari o‘rtasida Janubiy Koreyaning JEI universiteti filialini ochish masalasida muzokara olib borildi.

Muzokaralar davomida delegatsiya a’zolariga Farg‘ona shahri markazida joylashgan, JEI universiteti filiali ochilishi rejalashtirilayotgan O‘zbekiston–Koreya do‘stlik o‘quv markazi binosi tanishtirildi.

Janubiy Koreya delegatsiyasining Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Farg‘ona shahrida JEI universiteti filialini ochish yuzasidan memorandum va kelishuvlar imzolandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 08:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют