» » Andijon viloyatining ayrim tumanlarida odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar ortgan

Andijon viloyatining ayrim tumanlarida odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar ortgan


Andijon viloyat teleradiokompaniyasida jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy ishlar bo‘yicha viloyat sudlari raislari ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi brifingda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlil etildi. Bu haqda jurnalist Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

Foto: “Rawstory.com”

Brifingda qatnashgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi Vohidjon Nazarovning ma’lum qilishicha, 2018-yil mobaynida 3 790 (2017-yilda 5 738) nafar shaxsga nisbatan 2 956 (4 310) ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan va tamomlangan. Shundan jinoyat ishi bo‘yicha 2 822 nafar shaxsga nisbatan ayblov, 7 shaxsga nisbatan esa oqlov hukmlari chiqarilgan. Shulardan 57 nafariga yoshlar ittifoqi, xotin-qizlar qo‘mitasi, mahallalar va boshqa jamoat birlashmalarining kafilligi asosida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan.

Vohidjon Nazarovning qayd etishicha, sudlanganlarning asosiy qismini xotin-qizlar, voyaga yetmaganlar, yoshlar, oltmish yoshdan oshgan erkaklar tashkil etgan.

Sudlanganlik holati hududlar kesimida tahlil qilinganda, viloyatning deyarli barcha tuman (shahar)larida ko‘rsatkichlar 2017-yilga nisbatan kamaygan.

Viloyat miqyosida 2018-yilda sudlanganlar soni 1 360 taga yoki 34,3 foizga, Xo‘jaobod, Shahrixon, Asaka va Andijon tumanlarida esa 50 foizgacha kamayish holatlari kuzatilgan.

Yakuniy tahlillarga ko‘ra, umumiy jinoyatlar soni 22,5 foizga, shu jumladan nomusga tegish 43,5, firibgarlik 40,6, talonchilik 35,7, bosqinchilik 33,3, bezorilik 11, qotillik 10,8, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish 10,3 foizga kamaygan.

— Afsuski, nomusga tegish holati Ulug‘nor va Marhamat tumanlarida, odam o‘ldirish bilan bog‘liq jinoyatlar esa Xo‘jaobodda 5 barobarga, Andijon, Asaka, Baliqchi, Izboskan tumanlarida o‘tgan yilgiga nisbatan 50 foizga ortgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, mazkur hududlarda jinoyatlar profilaktikasi samaradorligi yetarli darajada emas, — deydi Vohidjon Nazarov.

Brifingda qatnashgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon viloyat sudi raisi Jo‘rabek Qoraboyevning aytishicha, o‘tgan yil mobaynida 17 036 ta fuqarolik ishlari ko‘rib chiqilgan va tamomlangan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlaridan yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni belgilash, shaxsni huquqni vujudga keltiruvchi hujjatida ismi, familiyasi, otasining ismi mos kelmasa, hujjatni unga tegishliligi, tegishli emasligi faktini belgilash, ishga tiklash, otalikni belgilash, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uyga kiritish, oldi-sotdi shartnomasidan kelib chiqadigan da’volar, jinoyat oqibatida yetkazilgan zararlarni qoplash bilan bog‘liq nizolar, mulkni noqonuniy egalikdan talab qilib olish kabi murojaatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 mingtaga, ya’ni salkam 20 foizga kamaygan.

Aksariyat yo‘nalishlar bo‘yicha ko‘rilgan ishlar o‘tgan yilga nisbatan kamaygan bo‘lsa-da, nikohdan ajratish, qarz undirish, bolaning yashash joyini yoki bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash, otalikka e’tiroz bildirish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni buzdirish, mulkni ro‘yxatdan yoki xatlashdan chiqarish, ma’muriy huquqbuzarlik oqibatida yetkazilgan zararni qoplash kabi masalalar bo‘yicha murojaatlar keskin ortgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют