» » Roberto Karlos Toshkentga keladi

Roberto Karlos Toshkentga keladi


28-yanvar kuni jahon futboli yulduzi, Braziliya terma jamoasi tarkibida Jahon chempioni bo‘lgan himoyachi afsonaviy Roberto Karlos Toshkentga tashrif buyuradi.

Roberto Karlos tashrifi davomida yosh futbolchilarga master-klasslar o‘tkazib, mehribonlik uyidagi bolajonlar bilan uchrashishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, braziliyalik futbolchi ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani ham tashkil qilinadi. Roberto Karlosning tashrifiga doir tadbirlar, jumladan, matbuot anjumanining vaqti va bo‘lib o‘tadigan joyi keyinroq alohida e’lon qilinadi.

Bundan tashqari, o‘zbekistonlik mashhur futbol yulduzlari va faxriylar ishtirokida 10 daqiqadan iborat 2 taymli o‘rtoqlik o‘yini tashkil qilinadi. Roberto Karlos bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida bittadan taymda maydonga tushadi.

Shuningdek, tashrif davomida Roberto Karlosni o‘zbek futboli bilan yaqindan tanishtirish ham rejalashtirilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют