» » Tojikistonda filmlar namoyishdan avval ko‘rikdan o‘tkazilib, ochiq sahnalar qirqib tashlanadi

Tojikistonda filmlar namoyishdan avval ko‘rikdan o‘tkazilib, ochiq sahnalar qirqib tashlanadi


Tojikistonda davlat telekanallarida namoyishdan avval barcha filmlar diqqat bilan ko‘rikdan o‘tkaziladi va ochiq sahnali kadrlar qirqib tashlanadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tojikiston televideniye va radioeshittirishlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mahmadsharif Bobozodaning aytishicha, davlat telekanallari orqali namoyish etiladigan filmlardagi ochiq sahnalarning taqiqlanishi yot madaniyatni targ‘ib qilishning oldini olish va milliy qadriyatlarni hurmat qilishga qaratilgan.

Bir yil avval “Tojikfilm” kinostudiyasi mahalliy va xorij filmlardagi ochiq sahnalar mamlakat hududlaridagi ekranlarda namoyish qilinishi va mahalliy telekanallarda ko‘rsatilishidan avval qirqib tashlanishini taklif qilgan edi.

Kinostudiyadagi manbaning aytishicha, hukumat tomonidan qabul qilingan “Tojikfilm”ning yangi nizomiga kinokartinalarda axloqni muhofaza qilish to‘g‘risida maxsus band kiritilgan. Unga ko‘ra, endilikda “Tojikfilm” kinostudiyasi nafaqat kinokartinalar yaratadi, balki mamlakatda va xorijda ishlab chiqarilgan filmlardagi ochiq sahnalarni qirqib tashlash bilan ham shug‘ullanadi.

“Uyatli sahnalarning namoyish etilishi bizning madaniyatimizga mos kelmaydi. Tasavvur qiling, oila davrasida film tomosha qilayapsiz, kutilmaganda ishqiy sahnalar paydo bo‘lib qoladi. Qiz ota oldida xijolat bo‘ladi, ota esa qiz oldida noqulay ahvolga tushib qoladi”, deydi Mahmadsharif Bobozoda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют