» » Los-Anjelesda “Oskar” mukofoti nomzodlari e’lon qilinadi

Los-Anjelesda “Oskar” mukofoti nomzodlari e’lon qilinadi


7-yanvardan 14-yanvargacha filmlarni “Oskar” mukofoti nomzodligiga ovoz berish bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.

Amerika kino akademiyasining sakkiz mingdan ortiq a’zolari turli toifadagi asosiy davogarlarni tomosha qilib, ularni tanlab oldi. An’anaga ko‘ra, har bir gildiya eng yaxshi beshtalikni tanlab oladi. Hujjatli va qisqa metrajli filmlar, shuningdek, “xorijiy tildagi film” va “to‘liq metrajli multfilm” bilan bog‘liq nominatsiyalar bo‘yicha barcha gildiyalar vakillaridan iborat maxsus qo‘mita ovoz beradi. “Eng yaxshi film” uchun esa akademiyaning barcha a’zolari ovoz beradi.

24 kategoriya bo‘yicha nomzodlar rasmiy ro‘yxati mukofot rasmiy saytida onlayn tarzda e’lon qilinadi. “Oskar” taqdimoti marosimi 24-ferval kuni Los-Anjelesdagi “Dolbi” teatrida bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют