» » Hayotga intilayotgan bola: Shifokorlar uni yashamaydi, deyishgandi

Hayotga intilayotgan bola: Shifokorlar uni yashamaydi, deyishgandi


Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida tug‘ilgan Bunyodbek Do‘stmurodovga 2018-yilning may oyida leykoz (oqqon) tashxisi qo‘yilgan.

Bunyodbek 18-maydan beri Toshkentdagi gematoligiya va qon quyish instituti shifoxonasida davolanib kelmoqda.

“Hozir davolanishning 5-kursidamiz. Shu kunga kelishning o‘zi bo‘lmadi. Sotadigan hech narsamiz qolmadi. Dorixonadan olti million so‘m qarzimiz bor.

Dorilarni sotib olish uchun bankdan kredit olishga majbur bo‘ldik. Turmush o‘rtog‘im ishlab topgani kreditni yopishga ketyapti.

Shifokorlar 1-kursdayoq o‘g‘limni yashamaydi, deyishgandi. 3-kursda uch marta miyasiga qon quyildi. Yana yashamaydi deyishdi.

Allohga shukrki, uch kunda jonlantirish bo‘limidan chiqdi, 20 kundan keyin o‘ziga keldi. Yura boshladi, gapirdi.

Bolam shunchalik hayotga intilayapti. Lekin bizning qo‘limiz kaltalik qilyapti. Dorilarga pul topolmay qoldik”, — deydi Bunyodbekning onasi Dildora Hamrayeva.

Aziz yurtdoshlar, Bunyodjonning sog‘ayib ketishiga imkon qadar hissa qo‘shaylik!

Onasi Dildora Hamrayevaning telefon raqami:

97 414 04 21

Click, Payme: 8600 0609 8107 0270



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют