» » Afg‘oniston sharqida jangarilar hujumi oqibatida to‘rt nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi

Afg‘oniston sharqida jangarilar hujumi oqibatida to‘rt nafar politsiyachi qurbon bo‘ldi


Afg‘oniston sharqidagi Nangarhar viloyatining Achin nazorat-o‘tkazish punktida ekstremistlar tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida kamida to‘rt nafar politsiyachi halok bo‘lgan, yana besh nafari jarohat olgan. Bu haqda Associated Press nashriga tayanib, “TASS” xabar berdi.

Associated Press’ning xabariga ko‘ra, hujumni uyushtirgan sakkiz nafar jangari yo‘q qilingan.

Hozircha hech qaysi ekstremistik guruh hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olgani yo‘q. Hujum ortida IShID turgani taxmin qilinmoqda.

So‘nggi vaqtlarda Afg‘onistonning sharqiy viloyatlarida IShID terrorchilarining faolligi kuzatilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (6-03-2017, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 123) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют