» » Orol bo‘yiga 2 ta samolyot, 549 ta texnika va mingdan ortiq ishchi jalb etildi

Orol bo‘yiga 2 ta samolyot, 549 ta texnika va mingdan ortiq ishchi jalb etildi


Orol muammosining oqibatlarini bartaraf qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan saksovul ekish tadbirlari samarali davom etmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘tgan yilning 17-dekabridan boshlangan Orolning qurigan maydoniga saksovul ekish ishlari natijasida bugungi kunda 103 ming gektardan ortiq maydon qamrab olindi.

Bugungi kunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi shahar va tumanlari O‘rmon xo‘jaliklari, Obodonlashtirish boshqarmalarining xodimlari, mahalliy aholi ishtirokida saksovul urug‘ini yig‘ish bo‘yicha qizg‘in ishlar olib borilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi boshchiligida tashkil qilingan shtab ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirlarga jami mingdan ortiq ishchi, 549 texnika, 2 samolyot jalb qilingan. Boshqa viloyatlardan 550 ga yaqin hasharchilar qatnashmoqda.

Bugungi kunga kelib saksovul ekish uchun jami 326 ming 60 gektardan ortiq yer maydoni tayyorlandi. Shundan 103 ming 235 gektariga 412 ming 275 kilogramm saksovul urug‘i ekilgan. Samolyotlar yordamida 51 ming 800 gektar yerga 156 ming 600 kilogramm saksovul urug‘i sepildi. Ekish uchun 622 ming 500 kilogramm saksovul urug‘i tayyorlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 15:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют