» » Uning qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman togri kelmaydi. Hasan tabib aslida kim?

Uning qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman togri kelmaydi. Hasan tabib aslida kim?


Ozbekistonliklar va ijtimoiy tarmoq foydanuvchilariga Hasan tabib nomi orqali tanilgan andijonlik Hasanboy Ismoilov bilan Daryo muxbiri Mirolim Isajonov suhbat uyushtirdi.

Songgi paytlarda Hasan tabib nomi ijtimoiy tarmoqlarda, xususan, YouTube hamda Facebookda tez-tez takrorlanib, qizgin muhokamalar markaziga aylanmoqda. Shahrixonlik tabib sifatida nafaqat Ozbekiston, balki qoshni davlatlarda ham dongi ketgan bu insonning faoliyatini yoqlaganlardan kora, qoralovchilar kopchilikni tashkil etadi.

Xosh, Hasan tabib aslida kim? U chindan ham tabibmi? Agar tabib bolsa, faoliyati qachondan boshlangan? U nima uchun huzuriga kelgan bemorlarga faqatgina uch mahsulot: asal, xandon pista va noxatni istemol qilishni tavsiya qiladi? Uning ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalarini kimlar yuritadi? Blogerlar va internet foydalanuvchilarining tanqidlariga munosabati qanday? Shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida Shahrixon tumanining Navroz mahallasida istiqomat qiluvchi Hasan tabib bilan suhbatlashish uchun uning huzuriga otlandik.

- Tabib sifatidagi faoliyatingizni qachondan boshlagansiz?

- Dadam kosib bolgan. Oilada olti ogilning beshinchisiman. Men ham asli kosibman. Oldinlari shu hunar bilan shugullanganman. Tabiblik faoliyatimga esa ottiz yil bolib qoldi. Odamlar kelib murojaat qiladi. Ularning holatini korib esa yoq deyolmayman.

- YouTube videoxostingida shaxsiy kanalingiz borligiga kozimiz tushdi. Uni ozingiz yuritasizmi?

- Togrisini aytsam, internetga unchalik tushunmayman. YouTube bilan bogliq ishlarni Sardorbek ismli ukamiz yuritadi. Aslida bu yigit tort yil davomida AQShda davolanib, ikki marta miya operatsiyasini boshdan otkazgan. Tutqanoq kasalligiga davo topolmagan va unga shifokorlar bu kasallikning shifosi mavjud emasligi, umrining oxiriga qadar dori ichib yurishdan boshqa iloji yoqligini takidlashgan. Sardorbek ham shahrixonlik. U 2015-yili oldimga keldi va uning kasalligiga tashxis qoydik. Uch-tort oy ichida esa u soglom bolib ketdi. Shundan song Sardorbek Aka yer yuzida menga oxshab, shifo topolmay yurgan bemorlar juda kop. YouTubega siz va faoliyatingiz haqida videolar joylab tursam qarshilik qilmaysizmi?, dedi. Unga rad javobini berdim. Negaki, tabiblik menga ortiqcha yuk. Kuniga yigirma soat ishlayman. Tinim yoq ishonsangiz. Ertalab va tushlikdan keyin qabulimga kelganlar bilan shugullansam, boshqa vaqtda ogir kasallarning yoniga olib ketishadi. Oradan bir necha oy otgach, Sardorbek yana osha mavzuda gap boshladi: Siz ozingizni oylaydigan odam ekansiz. Menga oxshagan kasallar oldingizga kelib, shifo topsa yomonmi?, deya oxiri meni bir amallab kondirdi. Tort yildirki, YouTubedagi videolarimni Sardorbek joylab turadi.

- Oldingizga shifo topish umidida kelgan insonlarning kasalligi turlicha bolsa-da, nima sababdan ularning barchasiga aynan asal, xandon pista va noxat yeyishni tavsiya etasiz?

- Quroni Karimning besh joyida asalning shifoligi zikr etilgan. Shu sabab Yosin surasini oqiymiz. Asal va uning shifosi togrisida juda kop bor izlanishlar olib borganman. Ozimga tegishli qollanma sifatidagi Ming dard muolajasidan bugun dunyoning koplab mamlakatlarida foydalanishyapti. Xandon pista asab tizimini yumshatib beradi, asal esa yuvadi. Pistani bemorning yoshi va asab sistemasiga qarab tavsiya qilaman. Eng kopi bilan 11 dona pista yeyishini tavsiya etaman. Noxat organizmni chotkasi hisoblanadi. Kopchilik noxat yellik, deya tanovul qilmaydi. Aslida esa noxatni organizmga goshtdan kora foydasi koproq. Bu uch mahsulot foydasini chuqur organganim bois tavsiya qilaman. Miya bu mahsulotlar quvvatini jamlab, keyin organizmga tashlaydi va tasir korsatadi.

- Ozbekiston xalq tabobat akademiyasining faoliyatingizga munosabati qanday?

- Uch-tort yil oldin Rossiya Federatsiyasiga borganimda, miya saratoniga chalingan bir chaqaloqqa tashxis qoyganman va buni korgan soha xodimlari meni tabobat boyicha ishga taklif etishdi. Ammo bunga rozi bolmadim. Osha yili yurtimizga qaytgach, huquq tartibot organi xodimlariga uchradim. Tuman IIB, tuman prokuraturasi va tuman soliq bolimidagilar bilan gaplashdim hamda osha yildan boshlab yillik deklaratsiya tolab kelayapman. Quron oqib davolash faoliyatim noqonuniy emas. Yaqinda Prezidentimiz xalq tabobatini rivojlantirish boyicha imzolagan qarorini eshitib, quvonib ketdim. Ozbekiston xalq tabobat akademiyasiga litsenziya olish uchun kerakli hujjatlarni topshirganman. Endi ularning javobini kutayapman.

- Ayrim blogerlarning siz va faoliyatingiz haqidagi materiallari ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilar orasida qizgin muhokamalarni yuzaga keltiryapti. Tanqidiy izohlar gashingizni keltirmayaptimi?

- Bundan bexabarman va ularning fikri men uchun qiziq emas. Oldimga faqat Shuhrat va Anvar aka ismli blogerlar kelgan xolos. Shuhrat hatto onamni oldingizga olib kelaman, degandi. Keyin menga nisbatan bildirgan salbiy fikrlaridan hayron boldim. Qolgan blogerlarning barcha fikrlari yolgon va tuhmat. Ularning hech biri yonimga kelmagan.

- Aytishlaricha, taniqli sanat sohasi vakillari ham sizga murojaat qilib turisharkan...

- Bu bor gap. Ammo ular qaysi qoshiqchiyu aktyorlar ekanligini aytolmayman. Yaqinda bir aktyor ogir holatda mashinada keldi va muolajalarga togri amal qilgani uchun qisqa fursatda oyoqqa turib ketdi.

Hasan tabib bilan kechgan suhbatimizdan ochigi konglim tolmadi. 1 soatu 13 daqiqa davom etgan muloqotimiz mobaynida u bazi savollarimga mujmal javob berdi. Hatto uning ayrim javoblaridan kulishni ham, kuyishni ham bilmaysan kishi.

Shundan song Shahrixon tuman davlat soliq inspeksiyasi murojaat qildim. Mazkur tashkilotdan olingan malumotlarga kora, Hasan domla haqiqatdan 2016-yildan beri soliq tolovchi sifatida faoliyat korsatib keladi. U jismoniy shaxs sifatida 20162017-yil jami yillik daromadi togrisida deklaratsiya topshirgan hamda organish kunigacha 16 450 000 som daromad soligi tolagan.

Men avvallari bu insonni davolash usullariga qiziqmasdim. Yaqinda xodimlarim uning hammaga bir xil tashxis qoyib, davolayotganini videoga olib kelishdi. Uni ozi bilan korishganda ham bu yol bilan kasal davolab bolmasligini aytib, kerakli maslahatlarni berdim. Kelgusida bizning tashkilotga azo bolishi va uning tartiblarini tushuntirdim. Ozi yaxshi, aqlli odamga oxshadi. Ammo qilayotgan ishi tabobat talablariga umuman togri kelmaydi. U shu paytgacha kimlarni qaysi kasallikdan xalos etgani togrisida bizda aniq malumotlar yoq. Hasanboy agar biz aytgan hujjatlarni toliq tayyorlab kelsa, uning faoliyatini chuqur organib, song biror aniq javob aytishimiz mumkin.

Ibrohimjon Asqarov,Ozbekiston tabobat akademiyasi raisi



Manba: Daryo.uz
: admin (22-01-2019, 16:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -