» » Ignatiy Nesterov Temur Kapadzening rekordini takrorladi

Ignatiy Nesterov Temur Kapadzening rekordini takrorladi


21-yanvar, dushanba kuni O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/8 finalida Avstraliyaga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda Ignatiy Nesterov to‘liq harakat qildi. Shu tariqa u O‘zbekiston terma jamoasida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha (Osiyo Kuboklarida) rekordni takrorladi, deb yozadi “Championat.asia”.

Bungacha Osiyo Kubogi bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi Timur Kapadze bo‘lib, uning hisobida 17 ta o‘yin mavjud edi.

Nesterov qit’a kubogida Avstraliyaga qarshi maydonga tushib, uchrashuvlar sonini 17 taga yetkazib oldi va Kapadze bilan tenglashdi.

Bundan tashqari Odil Ahmedov hamda Anzur Ismoilovlar Osiyo Kubogida o‘zining 13-uchrashuvini o‘tkazmoqda.

Osiyo Kubogi musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida eng ko‘p maydonga tushgan futbolchilar ro‘yxati:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют