» » O‘zbekistonda hafta oxirida havo isishi kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta oxirida havo isishi kutilmoqda


O‘zbekistonga tez orada iliq kunlar qaytadi. O‘zgidromet xabariga ko‘ra, respublikaning ba’zi hududlarida havo harorati -12 darajagacha tushgach, hafta oxiriga kelib 15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi Sputnik.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida 25—27-yanvar kunlari kunduzi 3—8 daraja iliq, kechasi 2 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro viloyatida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Kechasi 0 daraja, kunduzi esa 12—15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida iliq ob-havo kuzatiladi: kechasi 0 … -2 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarga tuman tushadi. Havo harorati plyus 12-17 daraja ko‘tariladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo harorati kechasi 0—5 daraja, kunduzi 5—8 daraja, ba’zi joylarda 10 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

Respublikaning tog‘li hududlarida o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Kechasi havo harorati 3—8 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют