» » Osiyo Kubogi—2019. Qatar Iroqni yengib, chorak finalga chiqdi (video)

Osiyo Kubogi—2019. Qatar Iroqni yengib, chorak finalga chiqdi (video)


22-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining nimchorak final bahslari doirasida so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda Qatar terma jamoasi Iroq termasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yindagi yagona gol 62-daqiqada kiritildi. Unga qatarlik futbolchi Bassam Hisham mualliflik qildi va uchrashuv qahramoniga aylandi.

Shu tariqa Qatar termasi Iroq terma jamoasi ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi (1:0) va musobaqaning chorak finaliga yo‘l oldi. Mazkur bosqichda Qatar termasi Janubiy Koreya bilan yarim final yo‘llanmasi uchun bahsga kirishadi.

Osiyo Kubogi—2019

1/8 final bahslari

22-yanvar, seshanba

Gol: 1:0 — 62 Bassam Hisham.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют