» » Xitoylik maktab direktorining raqsi internet foydalanuvchilarining tahsiniga sazovor bo‘ldi (video)

Xitoylik maktab direktorining raqsi internet foydalanuvchilarining tahsiniga sazovor bo‘ldi (video)


“Hamma raqsga tushsin” — bu Xitoydagi Xi Guan boshlang‘ich maktab direktorining shiori, deb yozmoqda Sputnik.

Boshlang‘ich maktab rahbari zamonaviy raqsni o‘zlashtiradi va tanaffusda bolalar bilan birga ushbu raqsтi ijro etadi.

South China Morning Post nashrining xabar qilishicha, 40 yoshli Chjan Penfey har tanaffusda o‘quvchilar bilan sho‘x musiqa sadolari ostida raqsga tushadi.

Xitoy hukumati bolalar uchun majburiy jismoniy mashqlar dasturini joriy etgan, biroq maktab direktori unga ozgina o‘zgartirish kiritib, yanada qiziqarliroq qilgan.

Direktorning so‘zlariga ko‘ra, u o‘quvchilar kam harakat qilishlariga e’tibor bergan. So‘ngra raqsga tushish kayfiyatni ko‘tarib, vaqtni foydali o‘tkazishga yordam beradi, degan xulosaga kelgan.

Uning raqs fleshmobini ham o‘quvchilar, ham dunyodagi internet foydalanuvchilari munosib ravishda baholadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 114) ( 0) ( 112) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют