» » 2018-yilda O‘zbekiston Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotdi

2018-yilda O‘zbekiston Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotdi


2018-yil yakunlariga ko‘ra Rossiya bozorida Ravon ulushi 0,3% tashkil qilgan, deya xabar beradi “Spot”.

Taqqoslash uchun aytish mumkinki, o‘tgan yilning ushbu davrida brendning ulushi 0,9% tashkil qilgandi. Pasayish yoz, kuz, shuningdek dekabrda Rossiyada bir dona ham Ravon avtomobili sotilmagani bilan bog‘liq — ular umuman sotuvda qo‘yilmagan.

So‘nggi bor kompaniya avtomobillarini mayda sotgan — 508 dona. Keyin esa ular barcha dilerlik markazlaridan yo‘qolgan. Natijada 2018-yilda Ravon

Rossiyada 5 184 dona avtomobil sotgan, 2017-yilda esa ushbu ko‘rsatkich 15 078 donani tashkil qilgan.

Tanqislikning sababi kamida ikkita. Bular Rossiya bozoridagi narxlarni qayta ko‘rib chiqilishi hamda kompaniya biznes modelining sezilarli o‘zgarishi:

“Narxlarni qayta ko‘rib chiqish Rossiya va O‘zbekistonda milliy valyuta kurslarini o‘zgarishi hamda RF utilizatsiya yig‘imi stavkalarining oshishi bilan bog‘liq. Biznes-modelning o‘zgarishi rebrending va modellarning yangilanishi bilan birga kechadi hamda Rossiya bozori uchun yangiliklarni joriy etish va dilerlik tarmog‘ini kengaytirish loyihalari bilan Ravon brendi rivojlanishda davom etmoqda”, — deyiladi Ravon Motors Rus/GM Uzbekistan xabarida.

Ravon’ning rasmiy sahifasida mashinalar nimaga sotilmayapti qabilidagi savollarga aniq javob berilmayapti.

Taqqoslash uchun, 2018-yilning oktabrida Qozog‘istondagi Ravon saytida narxlar olib tashlangan, ammo noyabr boshida bozorda narxi 4,5 million tenge (12 ming AQSh dollar)bo‘lgan Nexia Ravon 3 paydo bo‘lgan.

Xuddi shu yilning may oyida savdo to‘xtatilishdan oldin uning narxi 2,8 million tenge (7,5 ming AQSh dollar)ni tashkil qilgandi. Narxlar sezilarli darajada o‘sganini ko‘rish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют