» » Tataristonlik mashhur qo‘shiqchi sahnada vafot etdi (video)

Tataristonlik mashhur qo‘shiqchi sahnada vafot etdi (video)


Mashhur tataristonlik qo‘shiqchi va vokal o‘qituvchisi Faniya Xaliullova sahnada vafot etdi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Mudhish hodisa 20-yanvar kuni kechki payt yuz bergan. “Karligach” va “Neugasimiye zvezdi” ansambllari rahbarining ahvoli sahnada og‘irlashib qolgan. 53 yoshli qo‘shiqchi to‘satdan hushini yo‘qotib, yiqilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan shifokorlar uni qutqarib qololmagan. Dastlabki talqinlarga ko‘ra, o‘limning sababi yurak to‘xtashi bo‘lgan. Tomoshabinlardan biri xonanda hayotining so‘nggi onlarini videoga muhrlagan.

Dimitrovgradliklar Faniya Xaliullovani iste’dodli qo‘shiqchi va pedagog sifatida tanilgan. U tatar milliy bayramlarining beqiyos boshlovchilaridan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют