» » Peugeot GM bilan 2,2 mlrd yevro evaziga Opel’ni xarid qilish haqidagi kelishuvga erishdi

Peugeot GM bilan 2,2 mlrd yevro evaziga Opel’ni xarid qilish haqidagi kelishuvga erishdi


PSA Group (Fransiya) General Motors’ning Yevropadagi bo‘linmasi hisoblanadigan va 1999-yildan beri zarar ko‘rib ishlab kelayotgan Opel’ni 2,2 milliard yevro evaziga xarid qiladi. Bu haqda ikki kompaniyaning qo‘shma bayonotida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Interfaks”.

Peugeot mazkur kelishuv tufayli Yevropa bozoridagi ulushini 16 foizgacha oshirish va Renault kompaniyasini quvib o‘tib, Volkswagen’dan keyingi ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ladi.

PSA bosh ijrochi direktori Karlos Tavares operatsiyalar restrukturizatsiyasi hisobiga Opel va Vauxhall brendlarini jonlantirishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Opel va Vauxhall avtomobillarining Yevropadagi sotuvi yiliga o‘rtacha 1,2 million donani tashkil etadi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют