» » Qandli diabetga qarshi dorilar samaradorligini aniqlaydigan test tizimi yaratildi

Qandli diabetga qarshi dorilar samaradorligini aniqlaydigan test tizimi yaratildi


Britaniya Kolumbiyasi universtiteti xodimlarining xabar berishicha, endilikda diabetik angiopatiyani sun’iy qontomirlar tizimi yordamida davolash imkoniyatiyalari kengayadi.

Xabaringiz bo‘lsa, qandli diabet kasalligida qontomirlarining bazal qavati qalinlashadi. Buning oqibatida qondan to‘qimalarga oziq moddalar va kislorod o‘tishi qiyinlashadi. Natijada nekrozlar, buyrak yetishmovchiligi, ko‘rlik, miokard infarkti va insult kelib chiqish ehtimoli bir necha barobar ortadi.

Mutaxassislar asos hujayralaridan qontomirlar “yasashga” muvaffaq bo‘ldi. Bu tomirlarni qandli diabet bilan og‘rigan bemor organizmiga o‘xshash muhitga joylashtirishdi va sun’iy tomirlarda ham diabetiklardagi kabi bazal qavat qalinlashishi ro‘y berdi. Shundan so‘ng olimlar bu jarayonni to‘xtatishi mumkin bo‘lgan moddani izlay boshladi. Oxir-oqibat bu modda ?-sekretaza fermentining ingibitori bo‘lib chiqdi.

Ekspertlar fikriga ko‘ra, ?-sekretaza faolligining tormozlanishi qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar holatini yaxshilashi mumkin. Bundan tashqari, endilikda qandli diabetda qo‘llaniladigan dori vositalarining samaradorligini sinab ko‘rish uchun universal test tizimiga ega bo‘ldi. Lekin test tizimining imkoniyatlari faqatgina diabet bilan cheklanib qolmaydi.

Bu usul yordamida tadqiqotchilar qon-tomir kasalliklari, Alsgeymer, yaralarning bitishi bilan bog‘liq muammolar, insult haqida yanada ko‘proq ma’lumot olishi va ularning kelib chiqishini o‘rganishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 42) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют