» » AQShda FQB “shatdaun” kontrterroristik operatsiyalar o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotganini ma’lum qildi

AQShda FQB “shatdaun” kontrterroristik operatsiyalar o‘tkazishga to‘sqinlik qilayotganini ma’lum qildi


AQSh hukumati ishining qisman to‘xtatilgani Federal qidiruv byurosi faoliyatiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar beradi “Kommersant”.

FQB agentlari assotsiatsiyasi hisobotiga ko‘ra, “shatdaun” “butun dunyoda terrorizmga qarshi va kontrrazvedka operatsiyalarini o‘tkazishga halal bermoqda”.

“Maxsus favqulodda vaziyatlarni oldini olish operatsiyalari keyinga qoldirilgan. Bu faoliyatimizga va Amerika xalqini himoya qilish imkoniyatimizga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deydi assotsiatsiya vakili.

FQB to‘lov amalga oshirilmayotganligi sababli terrorizmga qarshi kurash operatsiyalariga yordam beradigan bir qancha axborot yetkazuvchilar va tarjimonlar yo‘qotilgani, buni esa qayta tiklab bo‘lmasligi aytilmoqda. Kadrlar tayyorlash va xodimlarni yollash bilan muammolar mavjud.

Aytish joizki, bugun 13 mingdan ortiq FQB maxsus agentlarining aksariyati maoshsiz ishlashda davom etmoqda.

Oq uyning Milliy Iqtisodiy Kengashi rahbari Lourens Kadlou “shatdaun” mamlakatning yalpi ichki mahsulotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi, ammo global iqtisodiyotning holatiga ta’sir qilmasligini aytgan. U shuningdek “shatdaun” muammosi vaqtinchalik ekani va u nihoyasiga yetgach hammasi o‘z o‘rniga tushishini qayd etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют