» » Deputat Qozog‘istonning nomini o‘zgartirishni taklif qildi

Deputat Qozog‘istonning nomini o‘zgartirishni taklif qildi


Qozog‘istonlik deputat Azat Peruashyev mamlakat nomini o‘zgartirishni taklif qildi, deya xabar beradi “Tengrinews”.

Bu haqdagi deputat so‘rovini u Qozog‘iston bosh vaziriga yo‘llagan. Peruashev 2020-yilda Qozog‘iston Respublikasi 100 yoshini nishonlashini eslatgan. “Ak jol” demokratik partiyasi Qozog‘iston Respublikasining 100-yilligiga davlat darajasida e’tibor qaratishni va ushbu sanani munosib nishonlashni taklif qilgan.

“Mamlakatga rasmiy Qozoq Respublikasi nomini qaytarish taklifini ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz” — deyiladi so‘rovda.

Bunday tashabbusni Nursulton Nazarboyev besh yil oldin taklif qilgandi.

Hamma narsani o‘z nomi bilan atash lozim, qorani- qora, oqni- oq, qozoqni-qozoq.

Respublikaga hatto totalitar hokimiyat ham tan olgan asl nomni qaytarish nafaqat tarixiy adolatni tiklash, balki barcha millatdoshlarimizning hamjihatligi va do‘stligiga katta turtki beradi”, — deydi deputat Azat Peruashev.

2014-yilning fevral oyida Nursulton Nazarboyev respublikaning rasmiy nomi haqida fikr bildirib shunday degan edi: “Ehtimol vaqti kelganda mamlakatni “Qozoq eli” deb atash masalasini ko‘rib chiqish lozim, ammo dastavval buni xalq bilan muhokama qilish lozim”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют