» » Yaponiyaga 4 tonna oltin olib kirgan ikki isroillik hibsga olindi

Yaponiyaga 4 tonna oltin olib kirgan ikki isroillik hibsga olindi


Yaponiya politsiyasi kontrabanda yo‘li bilan umumiy qiymati 20 milliard iyen (taxminan 183 million AQSh dollar) bo‘lgan to‘rt tonna oltin olib kirishda gumon qilingan ikki nafar Isroil fuqarosini hibsga olgan, deya xabar beradi “TASS”.

Ma’lum bo‘lishicha, ular qimmatbaho metallarni Gonkongga Tokioning Narita xalqaro aeroporti orqali yetkazgan.

Hibsga olingan Isroil fuqarolari noqonuniy faoliyat bilan 2017-yildan buyon shug‘ullanib kelgan va Yaponiyaga 50 marotabadan ko‘p noqonuniy yo‘l bilan oltin olib kirgan.

Rasmiy ravishda ular kichik xususiy kompaniyalari mavjud bo‘lgan va Tokioda yashagan.

Yaponiyada Gonkong va Janubiy Koreyadan oltin olib kirish holatlari ko‘p uchraydi. Qimmatbaho metall narxi u yerda past va jinoyatchilar bundan oltin oldi-sotdisida foyda olishga harakat qiladi.

Masalan, 2017-yilda Yaponiyada 300 kilogrammdan ziyod kontrabanda oltini qo‘lga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют