» » O‘zbekiston mehmonxonalari axloqsizlikda gumon qilingan tashrifchilarga xona berishni rad etishi mumkin

O‘zbekiston mehmonxonalari axloqsizlikda gumon qilingan tashrifchilarga xona berishni rad etishi mumkin


Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida mehmonxonalar axloqsiz xatti-harakatlarni sodir etishda gumon qilgan mehmonlarga xizmat ko‘rsatmaslik huquqiga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi hujjat loyihasi joylashtirildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Loyihada mehmonxonalarga oila va voyaga yetmaganlarni himoya qilish, fuqarolar hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmatini saqlashga xizmat qiluvchi ijtimoiy qadriyatlarga zid xatti-harakatlarni sodir etishda asosli gumonlar bo‘lgan taqdirda, mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatishdan bosh tortish hamda bu haqda ichki ishlar organlarini xabardor qilish huquqini berish ko‘zda tutilgan.

Hujjatda “asosli gumon qilish” va “g‘ayriaxloqiy harakatlar” tushunchalariga izoh berilmagan va ularni qo‘llash masalasini hal etish, balki mehmonxona egalari ixtiyoriga qoldirilgan.

Ayni paytda, xuddi shu bandning o‘zida mehmonxona xizmatlari jismoniy shaxslarning yashash joyi (propiskasi), fuqaroligi, qarindoshlik yoki nikoh munosabatlari va shaxsi hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat’i nazar taqdim etilishi shartligi belgilangan.

Xuddi shunday qoida prezident Shavkat Mirziyoyevning 5-yanvardagi “Turizm sohasini jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ham o‘rin olgan. Unda bu kabi cheklovlar qonunchilikka zid ekani ko‘rsatib o‘tilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют