» » “Aurum 898” tungi klubidagi qotillik bo‘yicha 5 nafar guvoh ko‘rsatma berdi

“Aurum 898” tungi klubidagi qotillik bo‘yicha 5 nafar guvoh ko‘rsatma berdi


Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida sudlanuvchilar Shodali Qilichov, Saidazim Kamoldinov, Alijon Hamrayev va Jahongir Yorqulovlarga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud majlisi davom etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Obidov “Daryo”ga ma’lum qildi.

Sud 2019-yil 21-yanvar kuni boshlangan edi. Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi sudyasi Sarvar Karimov raisligida hamda xalq maslahatchilari A. Nishonov va M. Mirag‘zamovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “v”, “j” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Shodali Qilichov (1989-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta-maxsus, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan Saidazim Kamoldinov (1994-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti – o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan), Alijon Hamrayev (1982-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlangan) va Jahongir Yorqulov (1992-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, o‘zbek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, ma’lumoti — o‘rta, “Aurum 898” tungi klubida qo‘riqchi bo‘lib ishlagan, muqaddam sudlanmagan) ga nisbatan jinoiy ish ko‘rib chiqilmoqda.

Dastlab sud tomonidan sud jarayoni ishtirokchilarining hozir bo‘lgani tekshirildi, sud tarkibi, tomonlar e’lon qilindi, rad qilish huquqi tushuntirildi, sudlanuvchilarning shaxsi va ularga ayblov xulosalarining nusxalari berilgan vaqt aniqlandi, ish bo‘yicha sudlanuvchilar va tomonlarning huquq hamda majburiyatlari tushuntirildi.

Sud majlisining tayyorgarlik qismi iltimosnomalar bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi masalani aniqlash bilan yakunlandi. So‘ngra rais tomonidan sud tergovi boshlanganligi e’lon qilindi.

Davlat ayblovchisi ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi.

Dalillarni tekshirish tartibi belgilandi. Bu jarayon davomida sudlanuvchilar, jabrlanuvchi, guvohlar va ekspertlarning ko‘rsatmalari tinglanadi, shuningdek, ushbu ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar tekshiriladi.

Sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglandi. Bugungi sud majlisida beshta guvoh so‘roq qilindi.

Sud jarayoni davom etmoqda. Sudning keyingi majlisi 28-yanvar soat 11:00 da bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют