» » Sergelida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning pastki qavatlari bog‘chalar ixtiyoriga berilishi mumkin

Sergelida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning pastki qavatlari bog‘chalar ixtiyoriga berilishi mumkin


Bugungi kunda 40 ming nafar bola maktabgacha ta’lim muassalari bilan qamrab olinmagan. Joriy yilda aholi talabini qondirish maqsadida xususiy va davlatga qarashli bog‘chalar qurish vazifasi qo‘yilgan. Bu haqda The Mag xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 2019-yil boshlarida davlatga qarashli ikkita maktabgacha ta’lim muassasalari qurilishi boshlandi. Sergeli tumanida esa pilot loyiha ishga tushirilgan bo‘lib, unga ko‘ra yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uylarning 1—2-qavatlari bog‘chalar ixtiyoriga berilishi mumkin. Buning natijasida qo‘shimcha 1300 ta o‘rin yaratiladi.

Shuningdek, budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan 24 ta bolalar bog‘chasi ta’mirlanib, qo‘shimcha 3000 ta o‘rin yaratiladi. Yopiq guruhlar (bog‘chalardagi foydalanilmaydigan xonalar)ni ta’mirlash orqali esa 219 ta guruh tiklanib, yana 5000 dan ortiq o‘rin yaratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют