» » Qirg‘iziston prezidenti mamlakat deputatlarini g‘iybatchilar deb atadi

Qirg‘iziston prezidenti mamlakat deputatlarini g‘iybatchilar deb atadi


Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev mamlakat deputatlarini g‘iybatchilar deb atadi va parlamentning tarqatib yuborilishini ma’qulladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

“Ikki-uch oydan beri parlamentda cheksiz ravishda komissiyalar tashkil etilmoqda, shov-shuvlar tinayotgani yo‘q. Parlament minbaridan turib olib, Atambayevning Kiprda boyliklari bor, Atambayev xotinining hisob raqamidagi pullar 2011-yildan so‘ng paydo bo‘lgan, degan gaplar aytilmoqda”, — dedi Atambayev.

Qirg‘iziston prezidentining fikricha, mamlakat parlamenti “borgan sari qonun chiqaruvchi organdan mish-mish to‘qib chiqaruvchi tashkilotga aylanib bormoqda”.

“Baliqdek jim o‘tirgandan ko‘ra tarqalib ketgan ham tuzukroqdir? Aks holda, qonunlarga rioya etib, xalq manfaati yo‘lida ishlash kerak”, — deya qo‘shimcha qildi Almazbek Atambayev.

Qirg‘iziston yetakchisi parlamentning o‘z xohishiga ko‘ra tarqalib ketish haqidagi qarorini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют