» » Afg‘onistonda 126 nafar harbiyning o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchi yo‘q qilindi

Afg‘onistonda 126 nafar harbiyning o‘limiga sabab bo‘lgan terrorchi yo‘q qilindi


Afg‘onistonning Vardak viloyatidagi harbiy kompleksga uyushtirilgan hujumning ortida turgan “Tolibon” qo‘mondoni o‘ldirildi. Bu haqda mamlakat maxsus xizmatlariga tayanib, Reuters xabar berdi.

Xabar berilishicha, terakt tashkilotchisi 22-yanvar kuni kechasi aviahujum vaqtida yo‘q qilingan. Uning to‘liq ismi oshkor qilinmagan. Qo‘mondon bilan birga uning yana yetti nafar sherigi ham yo‘q qilingan.

Agentlikning xabariga ko‘ra, “Tolibon” qo‘mondonning o‘limini tasdiqlamagan.

Vardak viloyatidagi harbiy kompleksga hujum 21-yanvarda uyushtirilgan. Uning oqibatida 126 nafar harbiy halok bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют