» » Fitch Ratings: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ reytingini “V+”dan “VV-” ga oshirdi, uning istiqboli “Barqaror”

Fitch Ratings: “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ reytingini “V+”dan “VV-” ga oshirdi, uning istiqboli “Barqaror”


Fitch Ratings xalqaro nufuzli reyting agentligi “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ reytingini “V+”dan “VV-” ga oshirib, uning istiqbolini “Barqaror” deya baholadi.

Ta’kidlash joiz, “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ umumiy sug‘urtalash tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Tuzilayotgan sug‘urta shartnomalari, hududiy bo‘linmalari geografiyasi va sug‘urta shartnomalari, hududiy bo‘linmalari geografiyasi va sug‘urta mukofotlari tushumi bo‘yicha yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston sug‘urta bozorida faoliyat yuritayotgan 30 dan ortiq sug‘urta kompaniyalaridan ikkitasi xalqaro reytingga ega bo‘lsa, shundan bittasi - “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJdir.

Kompaniya 100 dan ortiq majburiy va ixtiyoriy sug‘urta xizmatlarini taklif etadi.

2018-yilda kompaniya, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi 3317-sonli “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston sug‘urta bozoriga 2 ta yangi sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini olib kirdi:

- 2018-yil 24-aprelda “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ ta’sisligida “My ASSIST” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi;

- 2018-yil 1-dekabrdan esa bevosita hayotni sug‘urta qilish bilan shug‘ullanuvchi “Kafolat hayot” sug‘urta kompaniyasi mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.

Yetakchi reyting agentligi tomonidan taqdim etilgan ushbu xalqaro darajadagi reyting “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyati samaradorligini hamda o‘z vazifalarini to‘laqonli bajarayotganligini bildiradi. Bu esa uning mijozlar oldidagi obro‘sini yanada oshiradi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют