» » Rasman: Gonsalo Iguain “Chelsi”ga o‘tdi

Rasman: Gonsalo Iguain “Chelsi”ga o‘tdi


Londonning “Chelsi” klubi “Yuventus” hujumchisi Gonsalo Iguainni ijaraga oldi. Bu haqda London klubi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Argentinalik futbolchi joriy mavsumning birinchi davrasini “Milan” tarkibida o‘tkazdi.

Londonliklar Iguainni 6 oylik ijarasi uchun 9 million yevro to‘laydi. “Chelsi” mavsum oxirida ijara muddatini 18 million yevro evaziga 2020-yilning yoziga qadar uzaytirishi yoki forvardni 36 millionga sotib olishi mumkin. Argentinalik “ko‘klar” safida 9-raqamda to‘p tepadi.

Gonsalo Iguain joriy mavsum A Seriyada 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 1 ta golga assistentlik qildi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют