» » Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli “Moskva go‘zali” bilan ajrashmoqchi

Taxtdan voz kechgan Malayziya qiroli “Moskva go‘zali” bilan ajrashmoqchi


Malayziya qiroli Muhammad V va rossiyalik Oksana Voyevodinaning munosabatlariga darz ketdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.

Taxtdan voz kechgan qirol endi rafiqasi bilan ajrashmoqchi.

Malayziya qiroli va Voyevodina his-tuyg‘ulari “sovub qolgani” va tez-tez janjallashib qolayotgani sabab ajrashishga qaror qilgan. Hozirda tomonlarning vakillari ajrim jarayoni boshlash uchun zarur hujjatlarni tayyorlamoqda.

Avvalroq, Muhammad V “Moskva go‘zali”ga uylangach, taxtdan voz kechgani haqida xabar berilgan edi.

Mana shu nikoh uchun 2015-yilning “Moskva go‘zali” unvoni sohibasi Oksana Voyevodina islom dinini qabul qilgan.

Ismini ham Rixanaga o‘zgartirgan edi. Biroz vaqt o‘tib, er-xotinning chaqaloq kutayotgani ma’lum bo‘lgan.

Qirolning yangi turmush o‘rtog‘iga toj kiydirish marosimi boshqa hukmdorlar o‘rtasida norozilik keltirib chiqargan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 95) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют