» » Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi  ishga tushirildi

Qozog‘istonda Markaziy Osiyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi  ishga tushirildi


Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatida Markaziy Osiyo va MDHdagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi. Bu haqda TASS xabar berdi.

“Qozog‘istonda endi Markaziy Osiyodagi ikkita eng yirik quyosh elektr stansiyasi bor. Ulardan biri Burminsk va ikkinchisi quvvati 100 MVt bo‘lgan ‘Saran” QES. Quyosh elektr stansiyasida ilg‘or texnologiyalar qo‘llangan, yaxshi panellar o‘rnatilgan, barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan’, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, uning ta’kidlashicha, 2020-yil oxirigacha umumiy quvvati 2353,4 MVt bo‘lgan 50 dan ziyod obyektlar quriladi. 2021-yildan 2023-yilgacha umumiy quvvati 857 MVt bo‘lgan yana 36 ta qayta tiklanadigan energiya manbalari obyekti ishga tushiriladi.

“Hozirgi kunda respublikada umumiy quvvati 531 MVt bo‘lgan qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha 67 ta obyekt mavjud. 2018-yil yakunlari bo‘yicha qayta tiklanadigan energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi hajmi 1,3 mlrd KVt.s.ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkichlarga erishish uchun biz qayta tiklanadigan energetika sohasiga investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha bir qator shartnomalar va memorandumlarni imzolab, 100 milliard tenge (yoki 283 million dollar) miqdorida mablag‘ yo‘naltirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirdik”, - deydi Qozog‘iston Respublikasi energetika vaziri Kanat Bozumbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют