» » Makedoniyalik Iskandar o‘limi haqida yangi ma’lumotlar oshkor qilindi

Makedoniyalik Iskandar o‘limi haqida yangi ma’lumotlar oshkor qilindi


Tarixchilar Makedoniyalik Iskandar vafoti haqida yangi taxminlarni ilgari surmoqda, deb xabar berdi National Geographic.

U miloddan avvalgi 323-yilda navbatdagi bosqinchilik yurishini rejalashtirgan vaqtda to‘satdan kasallanib, 18 yoki 13-iyun kuni vafot etgan. Tarixchilar bu bezgak, pnevmoniya, leykemiya, G‘arbiy Nil bezgagi kabi kasalliklar bo‘lgan deb taxmin qilgan.

Ayrim mutaxassislar ichkilikka berilib ketgani oqibatida vafot etgan desa, ayrimlari tasodifan yoki qasddan zaharlangan bo‘lishi mumkin deb taxmin qilmoqda.

Yangi Zellandiyaning Otago universiteti tibbiyot yo‘nalishi o‘qituvchisi, amaliyotdagi shifokor Ketrin Xoll bu borada ishonchliroq farazni taklif etdi.

Makedoniyalik Iskandar o‘limiga oid barcha ma’lumotlarni solishtirgan Ketrin, ularning har biri barcha savollarga javob bermasligini aytgan. Masalan, agar bezgak kasaliga chalingan bo‘lsa, nega kasallik boshqalarga ham yuqmagan?

Taxmin qilingan boshqa kasalliklar uchun esa uning barcha belgilari kuzatilmagan. Va nihoyat, nima uchun uning o‘limidan keyin 6 kun davomida tanasida chirish belgilari kuzatilmagan?

Ketrin Xollning aytishicha, uni o‘lgan deb o‘ylashgan vaqtda hali tirik bo‘lgan.

Uning o‘limiga esa Giyen—Barre sindromi yoki o‘tkir poliradikulonevrit kasalligi sabab bo‘lgan.

Bu kasallik faqat XX asrga kelib o‘rganilgan va tavsiflangan bo‘lib, Aleksandr davrida uning alomatlari boshqa kasallik belgilari sifatida qabul qilingan.

Xususan, zaharlanish haqidagi taxminda tarixchilar unda oshqozon-ichak infeksiyasi aniqlangani, qorinda og‘riq bo‘lganligi bilan izohlaydi. Bu belgilar o‘tkir poliradikulonevritda ham kuzatiladi. Bemorda yurak urishi va nafas olishning sekinlashishi, falajlik kuzatiladi. Shu sababli unga muddatidan avval o‘lim tashxisini qo‘ygan bo‘lishlari mumkin.

Biroq, hatto to‘g‘ri tashxis qo‘yilgan taqdirda ham Makedoniyalik Aleksandr vafot etishi aniq edi. Chunki o‘sha paytlarda bu kasallikni davolash usuli hali ishlab chiqilmagandi. Faqat bugungi kunga kelib dori vositalari kompleksi va amaliyoti sababli ushbu kasallikdan o‘lish darajasi 5 foizga kamaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют