» » O‘zbekistonning bosh yo‘l nazoratchisi: Bir necha mashinani ijaraga berib qo‘yganlar ham endi qoidabuzarliklarga qarshi kurash boshlaydi

O‘zbekistonning bosh yo‘l nazoratchisi: Bir necha mashinani ijaraga berib qo‘yganlar ham endi qoidabuzarliklarga qarshi kurash boshlaydi


Toshkent 15-martdan boshlab shaharning 115 ta chorrahasiga o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari qoidabuzarliklarni qayd etib, jarima qog‘ozlarini yuborishni boshlaydi. Mazkur yangilik yuzasidan O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev vazirlik matbuot xizmatiga intervyu berdi.

Mavzuga doir: Toshkent chorrahalaridagi kameralar 15-martdan ishga tushadi. Shu kundan boshlab qoidabuzar haydovchilarga jarima qog‘ozlari jo‘natiladi

Saydaliyevning qayd etishicha, qoidabuzarliklar uchun jarima solish to‘g‘risidagi qaror transport vositasining mulkdoriga yuboriladi. E’tiborli tomoni, qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda avtomobilning qonuniy egasi uni haydamagan bo‘lishi, masalan, boshqaruvda ishonchnoma bilan boshqa kishi bo‘lgan bo‘lishi ham mumkin.

“Qonunda masalaning bu tomoni ham inobatga olingan”, — deydi respublikaning bosh yo‘l nazoratchisi. Agar tegishli avtomobilga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoki mazkur avtomobil boshqa shaxslarning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida avtomobil mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, mulkdor o‘ziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan qoidabuzarlik uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.

Bu qoidabuzarliklarning oldini olishda juda ham muhim. Sababi, endilikda mulkdor ham haydovchini qoidabuzarlik qilmaslikka chaqirib, qoidalarga amal qilish zarurligini eslatib turadi. Ayniqsa, bir necha transport vositalarini ijara shartnomasi asosida yoki ishonch qog‘ozi bilan boshqarishga bergan mulkdorlarning mas’uliyati oshadi. Ularning o‘zlari ham qoidabuzarliklarga qarshi kurash boshlashadi. Haydovchilarini doimiy nazorat qilishadi. Shuning o‘zi ham qoidabuzarliklar sonini sezilarli darajada kamayishiga sabab bo‘ladi.

Xolmatjon Saydaliyev, O‘zbekiston IIV YHXBB boshlig‘i

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют