» » Qirg‘iziston davlat sirkining 30 dan ortiq artistlari ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi

Qirg‘iziston davlat sirkining 30 dan ortiq artistlari ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi


Qirg‘iziston davlat sirkining 30 dan ortiq artistlari, jumladan, truppa rahbarlari ham, ishdan bo‘shash haqida ariza yozdi. Bu haqda “Jash Qirg‘izistan” truppasining rahbari Daniyar Bolokbayev ma’lum qildi, deb xabar berdi O‘zA.

Uning so‘zlariga qaraganda, ular ariza bilan birga Madaniyat vaziri Azamat Jamanqulovga turli xalqaro konkurslarda qo‘lga kiritilgan kubok va yorliqlarini ham topshirishni niyat qilishgan.

“Vazir uch kun mobaynida tayinlanishini va’da qilgan edi. Bugun uchinchi kun. Ammo biror bir ish qilinmadi”, — deydi Bolokbayev.

21-dekabr, dushanba kuni davlat sirki artistlari parlament binosi oldida miting uyushtirdi. Ular salkam ikki oydan beri bosh direktor tayinlanmayotganiga e’tiroz bildirishdi hamda bu lavozimga sirk artistkasi Aida Akmatova nomzodini tavsiya qildi. Keyinroq ular madaniyat, axborot va turizm vazirligi binosi oldida, sal o‘tib esa hukumat uyi oldida aksiya o‘tkazdi. Ular binolarga kirish yo‘lagiga o‘zlarining xalqaro va davlat mukofotlarini qo‘yib chiqdi.

Madaniyat, axborot va turizm vaziri Azamat Jamanqulov avvalroq nomzodlarning dastur va konsepsiyalarini o‘rganish jarayoni ketayotganini, bu lavozimga yaxshi menejer tayinlanishi lozimligini aytgan edi.

2004-yildan beri ishlab kelayotgan avvalgi direktor Qurmangazi Isanayev jamoaning noroziligi tufayli ikki oy muqaddam ishdan bo‘shatilgan edi.

Qayd etilishicha, Qirg‘iziston davlat sirkiga 1962-yilda asos solingan. Hozir bu yerda 130 kishi ishlaydi, ularning 40 ga yaqini – artistlar.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют