» » 2019-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta yangi yo‘nalishga parvoz amalga oshiradi

2019-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” uchta yangi yo‘nalishga parvoz amalga oshiradi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” bu yil Tbilisi, Myunxen va Karachiga parvozlar yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan, deya xabar beradi kompaniya matbuot xizmati.

So‘nggi uch oyda Milliy aviakompaniya Bombey, Vladivostok va Jiddaga uchta yangi yo‘nalish ochgan.

Bundan tashqari mavjud yo‘nalishlarga parvozlar soni sezilarli darajada o‘sgan. Xususan eng talabgir Toshkent—Moskva yo‘nalishida parvozlar soni haftasiga 27 taga yetgan, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Namangan va Farg‘onadan Rossiya poytaxtiga amalga oshirilgan parvozlar bilan hisoblaganda umumiy 49 tani tashkil qilgan.

Toshkentdan Seul, Dushanbe, Bishkek, Minsk, Rostov-Don, Ostona va Novosibirskga parvozlar soni oshgan.

Eng mashhur yo‘nalishlardan biri Istanbulga bir haftada poytaxtdan 10 ta va Samarqanddan ikkita reys amalga oshiriladi.

O‘tgan yil aviakompaniya amalga oshirgan umumiy reyslari soni 21 mingdan ko‘p.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 108) ( 0) ( 107) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют