» » Qashqadaryodagi qator tumanlarda g‘alla ekilgani haqida soxta ma’lumotlar berilgani aniqlandi

Qashqadaryodagi qator tumanlarda g‘alla ekilgani haqida soxta ma’lumotlar berilgani aniqlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida urug‘ qadalgan maydonlarni ko‘paytirib ko‘rsatish yoki soxta ma’lumotlarni kiritish viloyatda odatga aylanganligi aniqlandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryoda 2019-yil hosili uchun 9409 ta fermer xo‘jaligi tomonidan jami 141 ming 800 gektar yer maydonida, shundan 117 ming 300 gektar g‘o‘za qator orasiga, 24 ming 500 gektar ochiq maydonga kuzgi boshoqli ekin ekilib, jami 376 ming tonna don jamg‘arilishi rejalashtirilgan.

Viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi tomonidan 2019-yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekishning borishi haqida o‘tgan yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra berilgan ma’lumotlarda viloyatda 126,7 ming gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilganligi ko‘rsatilgan. Biroq amalda jami 117,8 ming gektar maydonga boshoqli don ekilganligi yoki 8,9 ming gektar yer maydoniga boshoqli ekinlar qadalgani haqida soxta ma’lumotlar kiritilganligi aniqlandi.

Xususan, Yakkabog‘, Shahrisabz, Qamashi va Chiroqchi tumanlarida g‘alla ekilmagan maydonlarga g‘alla ekildi deb ma’lumot berilgan. Mazkur tumanlar qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshliqlariga nisbatan intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ishlar qo‘zg‘atildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 7) ( 0) ( 7) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют