» » Samarqandda erining jiyani bilan ishqiy munosabati oshkor bo‘lgan ayol ikki farzandini o‘ldirdi (video)

Samarqandda erining jiyani bilan ishqiy munosabati oshkor bo‘lgan ayol ikki farzandini o‘ldirdi (video)


Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida yashovchi 30 yoshli Rushana Rahmonqulova o‘z farzandlarini qasddan o‘ldirdi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar qilindi, deb yozadi UZ24.

Ma’lum bo‘lishicha, turmush o‘rtog‘i ishlash maqsadida Rossiyaga ketgan ayol erining jiyani Ma’mur Ilashev bilan ishqiy munosabatda bo‘lgan. Bu munosabatlardan qaynotasi hamda boshqalar xabar topganidan qo‘rqib, voyaga yetmagan farzandlari — 2011-yilda va 2017-yilda tug‘ilgan ikki qizini uxlab yotganida pichoqlaydi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand sudi sudyasi Shuhrat Sharipovning aytishicha, Rushana Rahmonqulova Ma’murjon Ilashev bilan til biriktirib, katta qizi Bahora To‘ychiyevaning tanasiga 12 marta, bir yoshga to‘lmagan go‘dagi Madina Rahmonqulovaning tanasiga 5 marta pichoq bilan jarohat yetkazadi. Shundan so‘ng o‘zining joniga qasd qilish maqsadida qorin hamda ko‘krak qismiga 9 marta pichoq uradi.

DNK xulosasida Rushana Rahmonqulovaning 2017-yilda tug‘ilgan farzandining biologik otasi Ma’murjon Ilashev ekani aniqlanadi.

Sud hukmi bilan Ma’mur Ilashevga 17 yil, Rushana Rahmonqulovaga 13 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют