» » Qarshidagi Alisher Navoiy kochasida yorilgan quvur tufayli 34 oydan beri ichimlik suvi behuda isrof bolmoqda

Qarshidagi Alisher Navoiy kochasida yorilgan quvur tufayli 34 oydan beri ichimlik suvi behuda isrof bolmoqda


Qarshi shahrining Alisher Navoiy kochasida joylashgan suv quvuri yorilganligi sababli uch-tort oydan beri ichimlik suvi behuda isrof bolmoqda. Natijada kochada loygarchilik, qatnov uchun esa noqulayliklar yuzaga kelgan. Bu haqda jurnalist Otabek Qoldoshev malum qildi.

Bir tomchi suv oltinga teng bolgan viloyatda ichimlik suvining bu holda isrof bolishi yaxshi emas-da, deydi ozini kocha boshi deya tanishtirgan otaxon Hasan bobo Mansurov. Besh-olti oydan beri kochamizda truba yorilganligi sababli ichimlik suvi dengiz bolib oqayapti. Agar mening xonadonimdan bir tomchi suv behuda oqsin, vodokanaldagilar yugurib kelib, jarima tolang deyishni biladi-ku qalamining uchini chiqarib. Nega endi bunday paytlarda ularga tezkorlik yetishmaydi.

Hasan bobo Mansurov Alisher Navoiy va unga tutash bolgan Oybek kochasining bugungi ahvoli aholini qoniqtirmayotganini bildirar ekan, Har ikkala hokim ham (viloyat va Qarshi shahar hokimlari nazarda tutilmoqda) shu kochadan yuradi-ku, nahotki etibor berishmasa, deydi. Agar xudo rahmatlilar tirik bolganida ularning nomi shunday abgor kochalarga berilganini bilsa, mening nomim shu kochalarga loyiqmi demasmidi?.

Ushbu kochada istiqomat qiluvchi Sayyora Hamrayevaning malum qilishicha, ushbu holatni bartaraf qilish uchun aholi vakillari dastlab mahalla raisi, songra shahar hokimi va hududdan saylangan deputatga ham murojaat qilishgan. Ammo hech kimdan najot bolmagan.

Avval mahalla raisiga murojaat qildik, deydi Sayyora Hamrayeva. Songra shahar hokimining qabulida boldik. Hokim hozir odam borib, suvni toxtatadi dedi-yu, ammo hech kimni yubormadi. Hokim qabuliga 2018-yilning 20-dekabr kuni borgan edik. Mana hozirgacha suv oqishdan toxtagani yoq.

Kochaning loygarchiligi bois etik kiyib yurishga majbur bolayapmiz, deydi Muazzam Mirzayeva. Shu ahvolda yashayotganimizga ham uch oydan oshdi. Qachon bu holat bartaraf qilinadi?

Alisher Navoiy kochasidagi nosozlik haqiqatdan ham ikki-uch oylik muammo, deydi viloyat Suvoqova unitar korxonasi bosh muhandisi Bahrom Mirzayev. Muammoning chozilib ketishiga sabab shu boldiki, quvur materiali boshqacha bolganligi sababli unga mos xomutni topish qiyin kechdi. Ayni kunda xomut Toshkent shahridan keltirilgan. Tez kunda ornatiladi.

Suvni tejang deyishadi, ammo bunday holatda qanday qilib suvni tejashimiz mumkin, deydi ozini Zulfiya Zayniddinova deya tanishtirgan suhbatdosh. Koz ongimizda ichimlik suvining isrof bolishiga qarab turish qiyin bolarkan.

Viloyat Suvoqova unitar korxonasi masulining sozlariga kora, mazkur quvur tamirlanishi uchun shahar markazidagi koplab korxona va tashkilotlarga uzatilayotgan ichimlik suvi vaqtincha toxtatiladi.

Natijada Mahtumquli, Kat mahallalari aholisi, aeroport tomon va Qarshi yog ekstarksiya zavodi ham suvsiz qolishi mumkin, deydi Bahrom Mirzayev. Shuning uchun bu borada hokimiyat vakillari bilan maslahatlashgan holda ish tutishimiz kerak boladi.

Mutasaddining aytishicha, muammo 1-fevral kuniga qadar bartaraf etiladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (24-01-2019, 14:59)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 36) ( 0) ( 34) ( 2)
:
-
:
20 ... -