» » Sochlarim meni tark etmoqda — yordam!

Sochlarim meni tark etmoqda — yordam!


Soch to‘kilishining oldini olish uchun qilgan harakatlaringiz besamar bo‘lsa, buning sababini boshqa joydan qidiring. Chunki sochlar ham xuddi o‘zimiz kabi u yoki bu kasallikka chalinishi mumkin.

Soch to‘kilishi tabiiy jarayondir. Har kuni kishi 60-100 tola soch yo‘qotadi. Odatda, yangi o‘sib chiqqan va to‘kilgan sochlarning soni bir xil darajada bo‘ladi, biroq ma’lum sharoitlarda sochning to‘kilgan miqdori ortib ketadi. Agar soch to‘kilishi umumiy xarakterga ega bo‘lsa, u kallikka olib kelishi mumkin.

Soch umrining o‘rtacha davmiyligi 7 yil bo‘ladi, dastlabki bosqichlarda u nozik va ingichka bo‘lib, keyinchalik faol o‘sa boshlaydi va bu davr 2-7 yil davom etadi. Keyin katagen faza, ya’ni to‘kilishga tayyorlanish bosqichi keladi va u 2-4 hafta davom etadi. Va nihoyat, soch to‘kilishi bosqichi keladi, u follikulaning (soch ildizi, soch xaltachasi) chuqur joylashganligiga qarab 3-4 oy talab qiladi. Shuning uchun tabiiy to‘kilishdan oshib ketgan soch to‘kilishi kuzatilgan bo‘lsa, unda sababini uch oy oldingi omillardan ko‘rish kerak.

Soch to‘kilishining asosiy sabablari

Kallik va soch to‘kilishining sabablari har xil bo‘lsa ham, har ikki holatda ham insonning sochlari katta miqdorda yo‘qotiladi. Soch to‘kilishining eng ko‘p uchraydigan sabablaridan biri tanadagi temir mikroelementining yetishmasligidir. Ayollar hayz paytida tabiiy oylik qon yo‘qotishlari tufayli ko‘pincha temir tanqisligi anemiyasidan aziyat chekishadi va uning birinchi klinik ko‘rinishi aynan tirnoq, teri va sochlarda seziladi.

Yuqori jismoniy faollik, muvozanatsiz parhez va ozish uchun qat’iy parhezlar anemiya (kamqonlik) rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan birga, sochlar rangsiz, quruq va mo‘rt bo‘lib qoladi, anemiya davolanmasa, soch to‘kilish jarayoni faqatgina kuchayadi.

Stressli vaziyatlar va vegetativ asab tizimining buzilishlari bosh terisidagi tomirlarning torayishiga olib keladi. Uzoq cho‘ziladigan stress holatida tomirlar normal holatga qaytmaydi, bu esa sochlarning to‘kilishiga olib keladi, chunki soch follikulasi oziqlanishi yomonlashadi.

Tananing surunkali kasalliklari, ayniqsa endokrin kasalliklarga uchraganlar ko‘pincha sochlarning to‘kilishidan shikoyat qilishadi. Qalqonsimon bez kasalliklari, moyaklar polikistozi, pnevmoniya va sifilis (zahm) kabi kasalliklar sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun muammo ko‘proq estetik bo‘lsada, shunga o‘xshash alomatlari bo‘lgan barcha bemorlar keng qamrovli ko‘rikdan o‘tishlari qilish kerak.

Ba’zi dorilarni qabul qilish soch to‘kilishiga turtki bo‘ladigan nojo‘ya ta’sirga ega. Bunday ta’sirga ega dorilar taxminan yuzga yaqin, asosan, oral kontratseptivlar, antidepressantlar, gipotenziv va steroid preparatlar. Aspirin, zararsiz ko‘rinadigan bo‘lsa-da, doimiy qabul qilnishi natijasida ko‘pincha soch to‘kilishiga olib keladi.

Qomatni saqlash uchun o‘z tarkibida og‘ir metal tuzlari va selen saqlagan preparatlar sochlarga yaxshi ta’sir ko‘rsatmaydi va unday dorilar asosan ich suradigan ta’sir ko‘rsatgani uchun vitamin va minerallarning so‘rilishi buziladi. Shuning uchun bu holatda soch to‘kilishi og‘ir metal tuzlari bilan surunkali zaharlanish va anemiya bilan bog‘liq.

Sochni bo‘yash, kimyoviy o‘rash, sochni quritgich (fen) bilan keragidan ortiq quritish sochlarning to‘kilishiga olib kelishi mumkin. Uzoq muddat soch pariklar, ulama sochlar taqib yurish va sochlar yoki bosh terisi parvarishi vositalarini noto‘g‘ri qo‘llash turli muammolarga olib kelishi mumkin.

Sovuq mavsumda bosh kiyimlarini kiyganda sochga beparvolik qilish va kofein saqlagan ichimliklarni suiste’mol qilish boshdagi qon tomirlarning doimiy spazmiga olib keladi, bu esa soch follikulalaring yetarlicha oziqlanmasligiga sabab bo‘ladi.

Ko‘pincha, sochlarni ko‘chirib o‘tkazgan bemorlar ko‘chirib o‘tkazilgan sochlarning to‘kilib ketishiga e’tibor berishadi. Bu, tananing oddiy reaksiyasi, yangi joyga ko‘chirilgan follikullar, stressni boshdan kechirishadi va qisqa tanaffusdan keyin soch o‘sishda davom etadi.

Soch to‘kilishini tashxislash va aniqlash

Soch to‘kilishi e’tiborga olinmay qolmaydi. Alopetsiya (kallik) asosan erkaklarda kuzatilsa, ayollarda tez-tez soch to‘kilishi bilan bog‘liq muammolar uchraydi.

Oddiy sochlarning to‘kilishidan alopesiyaning muhim farqi shundaki, soch to‘kilishida soch follikulining patologiyasi kuzatilmaydi. Shuning uchun, sochlarning yo‘qotilishi jarayoni rivojlanganlik bosqichidan qat’iy nazar, har doim tiklanadi. Sochlarning uchi yaqindan tekshirilganda, qoramtir xaltachani ko‘rish mumkin — bu yaxshi belgi emas. Agar sochni tortganda qo‘lda beshdan ortiq soch tolasi qolsa, bu sochlarning to‘kilishi odatdagidan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatadi.

“MinoX” losyoni har xil dori preparatlar, ya’ni og‘ir yuqumli kasalliklar ta’sirida soch ildizlari o‘lganda hamda kundalik ozuqa tarkibida vitamin yetishmasligida soch to‘kilishining oldini ola olmaydi.

Agar soch to‘kilishi to‘satdan boshlangan va soch to‘kilishi aniq ko‘rinishiga ega bo‘lsa, darhol to‘kilishining oldini olish uchun “MinoX”ni qo‘llash muvofiqligini bilish maqsadida — iltimos, avval dermatolog shifokorga uchrashishingizni tavsiya qilamiz.

“MinoX” losyon-spreyi faqatgina tashqi qo‘llanish uchun ishlab chiqilgan. Uni 1 ml dozada sutkasiga 2 marta, ya’ni ertalab va kechqurun, quruq bosh terisiga 6—7 marta flakon ustidagi qopqog‘iga bosib, soch to‘kilgan joylarga sepib, qo‘l barmoqlari yordamida 1 daqiqa surtiladi.

Misol uchun, ertalab boshingizni yuvib, 15 daqiqadan keyin, bosh terisi quriganidan so‘ng “MinoX” losyonini surtasiz va ishingizga borasiz, ishdan kelganingizda boshni yuvmasdan “MinoX” losyonini yana surtasiz va ertalabgacha yuvmaysiz. Har kun shunday rejimdan foydalanasiz.

“MinoX” bosh terisida 30 daqiqada quriydi — yuvish zarur emas. Qo‘llanish davomiyligi 5—6 oydan kam bo‘lmasligi kerak. Bu muddat sochlarning to‘kilishini kamayishi va yangi sochlar o‘sib chiqishi uchun yetarli deb hisoblanadi. Qo‘llash kursini har 6 oyda qaytarish mumkin.

Agar soch to‘kilishining sababi aniqlanmagan yoki uning oldini olishning imkoni yo‘q bo‘lsa, ya’ni androgen alopetsiya — ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishida “MinoX”ni har doim qo‘llab borish tavsiya etiladi.

Ota-onadan, avloddan avlodga o‘tgan soch to‘kilishi davolashda “MinoX” losyonidan foydalanib, sochingizning umrini uzaytirasiz. Agar sochingizning ildizi qurib o‘lmagan bo‘lsa, 4—6 oyda sog‘lom o‘sishni boshlaydi. Lekin bu vaziyatda losyonni qo‘llash to‘xtatilsa, soch avvalgi holatiga qaytib, yangi o‘sib chiqqan sochlar to‘kilib ketish ehtimoli bor.

Agar sochingizning ildizi qurib o‘lgan bo‘lsa, 4—6 oyda natija bo‘lmasa, “MinoX” ishlatishni to‘xtatasiz. Agar soch to‘kilishi va yaralishi turg‘un xarakterga ega bo‘lsa, losyonni har doim qo‘llash yoki uzoq muddatli kurslar olib borilishi natijasida sochlarning davomiy o‘sib chiqishini ta’minlaydi.

Ta’sir etish ehtimoli:

Losyonni qo‘llashning boshida sochlar to‘kilishi ko‘payishi ham mumkin. Bu soch ildizidagi modda almashinuvi tezlashishi jarayonida yuzaga kelgan normal holat hisoblanadi. Shu tariqa boshdan eski soch tolalari, ya’ni yaqin 2 oy davomida to‘kilishi lozim bo‘lgan sochlar to‘kilib, o‘rniga yangi mustahkam sochlar o‘sib chiqadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:

Facebook, Odnoklassniki, Instagram, Telegram



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют