» » Samarqand shahrining bosh  rejasi YuNESKO eksperti bilan muhokama qilindi

Samarqand shahrining bosh  rejasi YuNESKO eksperti bilan muhokama qilindi


Shu kunlarda YuNЕSKO eksperti, Fransiya shaharsozlik instituti xalqaro aloqalar bo‘yicha menejeri Erik Xoyberxts rahbarligidagi delegatsiya Samar­qand shahrida bo‘lib turibdi. Delegatsiya a’zolari viloyat va shahar hokimligi rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, deya xabar beradi “Zarnews”.

—Taklifimizga binoan Sa­marqandga kelgan ekspertlardan bir necha masalalarda hamkorlik kutyapmiz, — deydi Camarqand shahar hokimi Furqat Rahimov. — Birinchi navbatda, shahar bosh rejasini rasmiylashtirishda YuNЕSKO ekspertining fikrlari biz uchun muhim. Bundan tashqari, shaharning muhofaza ostidagi hududida qurilishi mumkin bo‘lgan mehmonxonalar va boshqa turistik inshootlar bo‘yicha maslahatlashuv ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ana shu binolarni hujjatlashtirishda ham hamkorlik qilmoqchimiz.

Yig‘ilishda YuNЕSKO eksperti Erik Xoyberxts mamlakatda tarixiy obidalarni muhofaza qilish, shaharsozlik me’yorlari bo‘yicha mavjud qonun-qoidalar, hukumat qarorlari bilan qiziqdi. Shundan so‘ng, mehmonlar shahar xaritasi orqali uning tarixiy qismi, muhofaza etiladigan hududlar va ularning atrofi bilan tanishdi.

— Samarqanddagi tarixiy obidalar dunyo ahamiyatiga ega va biz ularni asrashda hamkorlik qilishdan manfaatdormiz, — deydi Erik Xoyberxts. — Shu kunlarda me’yoriy hujjatlar, mavjud tarixiy obyektlarning 3D formatdagi suratlari, tarixiy hududdagi boshqa binolar bilan tanishyapmiz. Sizlardagi qoidalarga ko‘ra shaharning tarixiy qismida qurilishi lozim bo‘lgan binolarning ba­landligi 8 metrdan oshmasligi lozim ekan. Ammo ayni shu hududda sanoat korxonalari ham joylashgan. Bu masalada hokimlik bilan batafsil fikr almashamiz.

Yig‘ilishda Samarqand shahar bosh arxitektori F.Mardonqulov va shahar bosh rejasi loyihachilaridan biri — China Construk­tion Engineering Design Group Cor­poration vakili, professor Sun Syaolun shahar bosh rejasi xususida savollarga javob qaytardi.

Delegatsiya o‘z ishini bir hafta davom ettirishi va shahar bosh rejasi bo‘yicha fikr almashilishiga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют