» » Markaziy bank faoliyatini yuridik shaxs sifatida davom ettiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi

Markaziy bank faoliyatini yuridik shaxs sifatida davom ettiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga murojaat yo‘lladi


Markaziy bank faoliyatini yuridik shaxs sifatida davom ettiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga murojaat bilan chiqdi.

Soliq siyosatidagi o‘zgarishlardan kelib chiqib, yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘z faoliyatini yuridik shaxs tashkil etgan holda davom ettirganda, ularning bank oldidagi kredit qarzdorliklarini mazkur yuridik shaxs nomiga o‘tkazilishi rad etilmaydi.

Bunda kredit avvalgi shartlarda, ya’ni kredit foizlarini oshirmasdan va muddatlarini kamaytirmasdan, qo‘shimcha shartlarsiz hamda haq undirilmasdan qayta rasmiylashtiriladi.

Markaziy bank tomonidan barcha tijorat banklariga tegishli ko‘rsatma berilgan (xat nusxasi ilova qilinadi).

“Mazkur masala yuzasidan bankka murojaat qilganingizda muammolar yuzaga kelganda, Markaziy bankning bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish xizmatiga yozma ravishda yoki 71-200-00-44 raqamli ‘ishonch telefoni’ orqali murojaat etishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют