» » Viktor Yanukovichni davlatga xiyonatda aybdor deb topildi

Viktor Yanukovichni davlatga xiyonatda aybdor deb topildi


Kiyevning Oboloniya tuman sudi Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovichni davlatga xiyonat ishida aybdor deb topdi, deya xabar beradi “Meduza”.

Sud hukmida Yanukovichning aybi to‘liq isbotlanganligi aytilgan. Yanukovichga qo‘llanilgan jazo hali e’lon qilinmagan.

Ayblov tomoni Yanukovichga 15 yil qamoq jazosi so‘ragan. Sobiq prezident ayni damda Rossiyada bo‘lganligi sababli hukm sirtdan chiqarilgan. U mazkur ishni siyosiy uyushtirilgan deb, sud ishida biror marta ham ishtirok etmagan.

Viktor Yanukovich 2014-yilda hukumat o‘zgarganidan so‘ng Rossiyaga qochib ketgan. U Moskvadan Ukrainaga harbiylarni olib kirishni so‘raganlikda ayblangan, bu esa o‘z navbatida Qrimni Rossiyaga qo‘shilishiga olib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют