» » Surxondaryoda xotin-qizlar uchun 15,5 mingta ish o‘rni yaratiladi

Surxondaryoda xotin-qizlar uchun 15,5 mingta ish o‘rni yaratiladi


Surxondaryo viloyatida 2017-yilda tashkil etilishi rejalashtirilgan 51 ming 471 yangi ish o‘rnining 15 ming 420 dan ortig‘i xotin-qizlarga mo‘ljallangan, deb xabar beradi O‘zA.

“2017-yilning o‘tgan davrida xotin-qizlar uchun 1500 dan ziyod yangi ish o‘rni yaratildi. Kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni, sanoat, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish, shaxsiy yordamchi va dehqon xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlarda barpo etilgan ish o‘rinlarida xotin-qizlarning munosib mehnat qilishi uchun barcha sharoit yaratilgan, – dedi viloyat mehnat bosh boshqarmasi boshlig‘i Abdusalom Xo‘jaqulov.

Xabar berishlaricha, hududlarda tashkil etilayotgan mehnat yarmarkalarida ham xotin-qizlar ish bilan ta’minlanmoqda. Ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarga kasbga tayyorlash xizmati ko‘rsatilmoqda.

Masalan, Termiz shahar obodonlashtirish boshqarmasida yaratilgan yangi ish o‘rinlariga 100 dan ortiq fuqaro ishga qabul qilindi. Qayd etishlaricha, ularning 60 dan ortig‘i xotin-qizlardir.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют