» » Homiladorlikdan himoya qiluvchi plastir yaratildi

Homiladorlikdan himoya qiluvchi plastir yaratildi


Hozirda mavjud uzoq muddatli kontratseptiv vositalar yuqori samaradorlikka ega, lekin ularni qo‘llash uchun tibbiyot xodimi yordami kerak, tabletka ko‘rinishidagi homiladorlikka qarshi preparatlarni esa muntazam qabul qilish zarur. Vaqtida qabul qilmaslik tufayli ularning samaradorligi ham kamayadi.

Yangi vosita homiladorlikka qarshi preparatni mikroignalar yordamida organizmga kiritadi. Bu vosita avvaliga vaksinalarni tanaga og‘riqsiz kiritish uchun yaratilgan edi. Tekshiruv natijalari Nature Biomedical Engineering jurnalida e’lon qilindi.

Tajribalarda homiladorlikka qarshi modda kiritilgan mikroignali eksperimental plastir hayvonlarda bir martalik qo‘llashdan so‘ng bir oy davomida homiladorlikdan himoya qilgan.

Plastir teriga bir necha sekundga yopishtirilgandan so‘ng mikroignalar teri osti qavatida qoladi va parchalanadi, ularning ichidagi levonorgestrel (homiladorlikdan saqlovchi modda) asta-sekinlik bilan qonga so‘rila boshlaydi.

Homiladorlikdan saqlovchi boshqa preparatlar singari plastir ham ayollarning menstrual siklini buzish hisobiga ularni homiladorlikdan himoya qiladi.

“Ayollar tomonidan uzoq muddatli ta’sirga ega turli kontratseptiv vositalariga katta talab bor. Bizning maqsadimiz ayollar bunday vositalarni mustaqil, tibbiyot xodimining yordamisiz, plastir yordamida, 5 sekund davomida terisiga yopishtirish orqali bir oy davomida o‘zlarini homiladorlikdan himoya qilishlarida ko‘maklashish”, — deydi Jorjiya texnologik instituti xodimi va maqola mualliflaridan biri Mark Prausnis.

Mikroignalar so‘rilib ketuvchi iplar tayyorlanadigan polimerdan tayyorlangan bo‘lib, organizm uchun mutlaqo zararsiz. Plastir bilan bog‘liq boshqa tekshiruvlar shuni ko‘rsatdiki, undan vaksinalarni tanaga kiritishda ham foydalanish mumkin. Ignalar o‘lcham shu darajada kichkinaki, ular hech qanday og‘riq sezgisini chaqirmaydi.

“Biz hali plastir odamlarda qanday natijalar beradi bilmaymiz, lekin ta’siri va zararsizligi isbotlangan gormonni qo‘llayotganligimiz tufayli uning samarador kontratseptivga aylanishiga umid qilib qolamiz. Bundan tashqari, plastirni mahalliy qo‘llaganda teridagi reaksiyalar minimal bo‘lishini kutyapmiz. Buni esa klinik sharoitda tekshirib ko‘rish kerak”, — deydi Prausnis.

Hayvonlarda sinovdan o‘tkazilgan plastir o‘zida yuzta mikroignalarni tutgan edi. Levonorgestrelni inson organizmi uchun adekvat dozada yuborish uchun kattaroq hajmdagi plastir kerak bo‘ladi.

Hozirgi kunda uzoq muddatli homiladorlikdan saqlovchi vositalarni kvalifikatsiyalangan tibbiyot xodimlari tomonidan bachadon ichi vositalari yoki inyeksiya ko‘rinishida ayol organizmiga kiritiladi va bachadon ichi vositalari ayrim ayollarda yallig‘lanish kasalliklarini keltirib chiqaradi. Bu kontratseptiv vositalar effektivligiga qaramay, qo‘llash uchun ko‘plab noqulay taraflari bor. Agar mikroignali plastirni qo‘llashga ruxsat berilsa, u o‘z-o‘zidan ta’sir qiluvchi homiladorlikdan himoya qiluvchi, inyeksiya ko‘rinishida bo‘lmagan birinchi vositaga aylanishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют