» » O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga safari xorijiy OAV da qay tarzda yoritildi?

O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga safari xorijiy OAV da qay tarzda yoritildi?


O‘zbeksiton Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20—24-yanvar kunlari rasmiy tashrif bilan Germaniya federativ respublikasida bo‘ldi. Ushbu tashrif xorijiy OAV tomonidan keng yoritildi. Quyida O‘zbekiston Prezidentining Germaniyaga safari chog‘ida ayrim xorijiy OAV da e’lon qilingan xabarlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Badishe Zeitung nemis gazetasi: O‘zbekiston majburiy mehnat muammosiga barham berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi ushbu mamlakat ommaviy axborot vositalarida kuchli aks-sado berdi. Respublika haqida ko‘p nemis nashrlari, shu jumladan, Badishe Zeitung gazetasi va uning saytida ham materiallar chop etildi. Shu kunlarda gazeta sahifalarida O‘zbekistonda mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida sodir bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar haqida maqola e’lon qilindi.

“Uzoq vaqt davomida boshqalardan ajralib qolgan Osiyo mamlakati Germaniya va Yevropa Ittifoqi bilan yaqin aloqalar o‘rnatishga intilmoqda va shu sababli majburiy mehnatni bekor qildi”, — deyiladi Badishe Zeitung’dagi maqolada.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev interyu chog‘ida ishonch bilan shuni ma’lum qildiki, mamlakatda majburiy mehnat tugatildi.

—Bunga ancha vaqt sarflandi, - deb tan oladi vazir. - Ammo natija o‘zini oqladi.

Vazir shuni ta’kidladiki, O‘zbekistonning majburiy mehnatga chek qo‘yish borasida sa’y-harakatlari xorijda ham aks-sado berdi. Xalqaro mehnat tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori natija bir necha oylik kuzatuvlardan so‘ng o‘tgan yilning noyabrida qayd etildi. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi yaqinda avval yopiq bo‘lgan mamlakatdagi islohotlar rivojlanishini yuqori baholadi.

Deutsche Welle sayti – turizm markazi bo‘lgan Samarqand haqida

Rus tilidagi Deutsche Welle sayti O‘zbekistonning qadimiy shahri - Samarqand haqidagi videosyujetni joylashtirdi.

Uch daqiqali rolik bino va obyektlarning keng ko‘lamli qurilishi davrida shaharning tarixiy va madaniy o‘ziga xosligini saqlash masalasiga bag‘ishlangan.

An’analarmi yoki taraqqiyot? Tarixmi yoki kelajak? videorlikdagi eng dolzarb masala sifatida aynan shu savollar tilga olinadi.

DW muxbiri Yuriy Resheto so‘zlariga ko‘ra, yil davomida Samarqand jadal sur’atda qayta qurilmoqda. Bu yerda ko‘p qavatli turar-joylar, do‘konlar va mehmonxonalar qad rostlamoqda. O‘zbekistonning hajmi bo‘yicha uchinchi shahrida butun dunyodan sayyohlarni ommaviy ravishda qabul qilish uchun tayyorgarlik ko‘rish barobarida o‘z aholisi uchun ham qayta qurish ishlari davom etmoqda. Bu yerda 16 qavatli uylar mavzesi qad rostlashi kutilmoqda.

Yangi shahar qurilishiga arxitektor Kamol Rahimov boshchilik qilmoqda. Deutsche Welle saytiga bergan intervyusida u shuni qayd etdiki, uning vazifasi Samarqandni o‘rta asrlarda, shaharni kesib o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li davrida bo‘lganidek yashil vohaga aylantirishdan iborat.

– Bugungi kunda biz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, Samarqandning bosh rejasi ustida ish olib bormoqdamiz, -dedi Kamol Rahimov. - Mamlakatimiz rahbari tariximizni tiklash vazifasini qat’iy belgilab berdi.

Ammo eski uylarda istiqomat qilayotgan aholi Samarqand City deb mag‘rur ataluvchi zamonaviy turistik majmuani qurish uchun o‘z uy-joylari buzilishidan xavfsiramoqda. Loyiha tanqidchilari, himoyalanishi zarur bo‘lgan eski shahar chegaralari investorlar talabiga ko‘ra ixtiriy ravishda o‘zgartirilishidan tashvishda.

Bunday xavotirlarga javoban Kamol Rahimov ishonch bilan ta’kidlaydiki, shaharning bosh rejasi Samarqandning yodgorlik shahri sifatida tiklanishini ko‘zda tutadi, bunda shaharga turistlar ham, aholi ham ochiq osmon ostidagi muzey shaharga qaragandek qaray oladi.

“Novastan.org”: Viza rejimining liberallashuvi O‘zbekistonning siyosiy yo‘nalishi o‘zgarayotganini ko‘rsatadi

Shu yilning 1-fevralidan boshlab O‘zbekiston 45 mamlakat fuqarolari uchun viza rejimini bekor qilmoqda. Ayni paytda kirish vizalari o‘zbek fuqarolari uchun ham bekor qilindi, bu esa mamlakat viza siyosatidagi inqilobni anglatadi. Bu haqda Markaziy Osiyo bo‘yicha ixtisoslashgan nemis nashri - “Novastan.org” xabar bermoqda

Bundan tashqari, shu yilning 15-yanvaridan boshlab Germaniya fuqarolari uchun ham vizasiz rejimbelgilangan.

“Buni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Berlinga davlat tashrifdan avvalgi o‘zga xos tuhfa deb atash mumkin. Xuddi shu strategiya 2018-yilning oktabrida O‘zbekiston rahbarining Fransiyaga davlat tashrifidan oldin qo‘llanilgan edi”, — deyiladi xabarda.

“Viza rejimining liberallashuvi O‘zbekistonning siyosiy yo‘nalishi o‘zgarayotganini ko‘rsatadi”, - dedi Gamburg universiteti politologi Asam Isabayev.

“Siyosiy jihatdan tashqari, viza rejimining ushbu tarzda yumshatilishi mamlakat iqtisodiyoti uchun ham qulaydir. Iqtisodiy jihatdan O‘zbekiston turizm borasida ko‘p imkoniyatlarga ega, uning foydalanilmagan salohiyati hali katta, - deydi Asam Isabayev.

Bunda maqolada ta’kidlanganidek, maqsadli guruhlar sifatida g‘arblik sayyohlar moliyaviy sabablarga ko‘ra ustuvorlikka ega bo‘lmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 107) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют