» » Roberto Karlos o‘zbekistonlik futbol muxlislariga salom yo‘lladi (video)

Roberto Karlos o‘zbekistonlik futbol muxlislariga salom yo‘lladi (video)


28-yanvar, dushanba kuni jahon futboli yulduzi Roberto Karlos O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Shu kuni braziliyalik futbol afsonasi turli tadbirlarda ishtirok etadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar beradi.

Jumladan, soat 12:00 da yosh futbolchilar uchun O‘FA maydonida master-klass tashkil etiladi. Shundan so‘ng faxriy futbolchilar ishtirokida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv 10 daqiqadan 2 ta bo‘lim davom etadi. Roberto Karlos har ikkala jamoa tarkibida bitta bo‘limdan maydonda to‘p suradi.

Bundan tashqari braziliyalik futbolchi mehribonlik uyiga tashrif buyuradi va u yerdagi tarbiyalanuvchilar bilan uchrashadi.

Soat 16:00 da esa Milliy olimpiya qo‘mitasida Roberto Karlos bilan matbuot anjumani tashkil etiladi.

U Toshkentga kelishdan avval o‘zbekistonlik futbol muxlislariga salom yo‘lladi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют