» » Shavkat Mirziyoyev: Bir-birini ko‘rolmaslik, qaynona-kelin kelishmovchiliklari kabi yaramas illatlar xalqimizga yarashmaydi

Shavkat Mirziyoyev: Bir-birini ko‘rolmaslik, qaynona-kelin kelishmovchiliklari kabi yaramas illatlar xalqimizga yarashmaydi


O‘zbekiston Shavkat Mirziyoyev 4-mart kuni Toshkentdagi “Navro‘z” qabullar uyida o‘tkazilgan Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlangan uchrashuvda qatnashdi. O‘zA xabariga ko‘ra, Prezident mazkur uchrashuvda nutq so‘zlagan.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi “Navro‘z” restoranida “Zulfiya” mukofoti sovrindorlarini shaxsan taqdirladi

Shavkat Mirziyoyev “bugungi hayotimizga soya solib turgan salbiy holatlar” sifatida, jumladan, qaynona-kelin o‘rtasidagi kelishmovchiliklarini ham tilga oldi.

Biz odatda jamiyatimiz hayotiga qarshi qaratilgan xavf-xatarlar haqida gapirganda, ko‘pincha chetdan kiradigan tahdidlarni tushunamiz. Lekin eski zamondan qolgan ayrim salbiy holatlar, afsuski, bugungi tinch va yorug‘ hayotimizga soya solib turibdi. Loqaydlik, bir-birini ko‘rolmaslik, oilada er-xotin, qaynona-kelin, qo‘ni-qo‘shnilar o‘rtasidagi kelishmovchilik, ayollarga bepisand qarash — bunday yaramas illatlar bizga, bizning xalqimizga mutlaqo yarashmaydi.

Bunday noma’qul holatlarni bartaraf etish uchun biz har tomonlama chuqur o‘ylab, muntazam ravishda ish olib borishimiz kerak. Shu maqsadda biz mahalliy hokimliklar va ichki ishlar tizimini, “Mahalla” va “Nuroniy” jamg‘armalari tuzilmasini tubdan o‘zgartirdik, ularga yoshlar bilan ishlaydigan qo‘shimcha shtatlar berdik.

Ayni shunday islohotlarni biz Respublika Xotin-qizlar qo‘mitasi va uning joylardagi tuzilmalari bo‘yicha ham amalga oshirishni rejalashtirganmiz. Qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari vakolatlarini yanada kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, opa-singillarimizning mehnatini munosib baholash va rag‘batlantirish, buning uchun yangi imtiyoz va imkoniyatlar tizimini yaratish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘zda tutilmoqda.

Bularning barchasi yurtimizda xotin-qizlarning oila va jamiyat hayotidagi o‘rni va ta’sirini oshirish, ularning hayotiy manfaatlarini yanada keng ta’minlash kabi ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 43) ( 0) ( 40) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...