» » 2018-yilda dunyo bo‘yicha teraktlar soni 33 foizga kamaydi

2018-yilda dunyo bo‘yicha teraktlar soni 33 foizga kamaydi


2018-yilda dunyo bo‘yicha teraktlar soni avvalgi yilga nisbatan 33 foizga, ya’ni 15,3 mingta kamaydi, deya xabar beradi “Kommersant”. Bu 2009-yildan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich sanaladi.

Bir yilda nodavlat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan hujumlar oqibatida 13 843 nafar oddiy aholi halok bo‘lgan. IShID eng xavfli terrorchilik guruhi bo‘lib qolmoqda, ammo u tomondan hujumlar soni to‘rtdan uchga kamaygan.

Teraktlar soni bo‘yicha Afg‘oniston Suriyani ortda qoldirdi, ushbu mamlakatda teraktlar soni ortgan. Suriya ro‘yxatda ikkinchi o‘ringa tushgan — unda teraktlar soni uchdan ikki barobar, qurbonlar soni esa 50 foizga qisqargan.

Donbassda hujumlar soni 18,4 foizga ortgan. 2018-yilda 90 ta mamlakatda terrorchlik guruhlari faoliyat olib borgan, 2017-yilda esa 116 ta.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют